Sayyid Mubashirxon Kosoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sayyid Mubashirxon Kosoniy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayyid Mubashirxon Kosoniy(1929-1996) Namangan viloyati Kosonsoy tumanida hunarmandlar oilasida tug'ildi. Sho'ro davrining 30-yillaridagi mulkdorlarni quloq qilish qatag'oniga Sulaymonxo'ja oilasi ham giriftor bo'ladi. Yosh Mubasherxon to'g'asi Sayyid Axmadxon bilan daslab Ko'lobning Qaymoqcha qishlog'iga, u yerdan Afg'onistonga xijrat qiladi. Umrini dehqonchilik, savdo ishlari bilan o'tkazgan Mubosherxon xususiy muallimlarda tahsil ko'radi, mustaqil mutolaa bilan bilimini oshiradi, "Kosoniy" taxallusi bilan she'rlar yozadi. Sayyid Mubashirxon Kosoniy umrining yaqin 30 yilini Saudiya Arabistonining Jidda shahrida do'kondorlik bilan o'tkazadi. O'zbekiston mustaqil bo'lgach, Sayyid Mubashirxon vataniga qaytib, bir necha yil Toshkentda yashaydi. 1996-yili vafot etadi.Uning 6 o'g'il va qizi bor.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayyid Mubashirxon tijorat ishlari bilan birga, muttasil ilmiy-ijodiy faoliyatni davom ettirdi. Undan uch jildlik "O'rta Osiyo xalqlari tarixi", "G'aznaviylar davri adabiyoti va madaniyati", "Qori Rahmatullox Partaf Kosoniy", "85 Kosoniy muxojirlar tarixi", "Mir Atoullo Kosoniy" singari bir qancha rislolalar meros qolgan. Bundan tashqari, u Kosonsoy Temuriylar davri madaniyati va tasviriy san'ati tarixiga doir bir necha maqollar muallifidir. Uning "O'rta Osiyo xalqlari tarixi" ning ikki jildli arab grafikasida Jiddada chop etilgan. Bu kitob Sho'rolar hokimiyati davrida O'rta Osiyo xalqlari tarixini xolis, mukammal yoritgan yagona ilmiy asar edi. Xususan unda rus podsholigining Turkistonda olib borgan istilochilik siyosati fosh qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

↑"Namangan adiblari" Hamidjon Homidiy,Mahmudjon Ma'murov.(Toshkent.O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti 2007)