Kontent qismiga oʻtish

Sayfiddin Rafiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sayfiddin Rafiddinov (Sayfiddin Sayfulloh) — (1958, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1994), Xalqaro „Antik dunyo“ ilmiy akademiyasi faxriy professori (2003).

Sayfiddin Rafiddinov
Tavalludi 1958-yil
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani
Yoʻnalish Adabiyotshunoslik
Mukofotlari Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti (1994)

Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi yoʻnalishida (1987), Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida (2001) tahsil olgan. 1987-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ishlashni boshlagan. Saʼdiyning „Guliston“, Sobir Sayqaliyning „Ravzat ush-shuhado“, Soʻfi Ollayorning „Maslak ul-muttaqin“, Atoiyning „Devoni Shahzoda Atoyi“, „Qissai Mashrab“ kitoblarini nashrga tayyorlagan.

„Majoz va haqiqat“ (2005), „Fatvo va taqvo“ (2005), „Buyuklar halqasi“ (2011) kitoblari muallifi.

Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi (1994)[1].

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 445 bet.