Sayat Nova
Qiyofa

Sayat Nova (taxallusi; asl ismsharifi Arutyun Sayadyan) (1712, Tiflis – 1795, Tiflis) – arman shoiri, oʻrta asr arman dunyoviy adabiyotining yirik vakillaridan biri. Arman, gruzin va ozarbayjon tillarida qoʻshiqlar yozgan. „Sevgingdan betobman“, „Kamoncha“, „Xohlamayman shunday yashashni“, „Bulbulga“ va boshqa bir qancha asarlarida mazlumlarni himoya qilgan, nohaqlikka qarshi kurashgan. Sevgi va muhabbatga toʻla Sayat Nova lirikasi ijtimoiylik bilan qamohang boʻlib, xalq hayotiga singib ketgan. Shoir ijodi arman, gruzin va ozarbayjon sheʼriyati taraqqiyotiga kuchli taʼsir etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |