Saxa Megnad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SAXA (Saha) Megnad (1893.6.10, Dakka, hozirgi Bangladesh — 1956.16.2, Yangi Dexli) — hind fizigi va astrofizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1927-yildan). Kalkutta universitetini tugatgan (1915). Kalkuttadagi fanlar boʻyicha Milliy institut aʼzosi va prezidenti (1937—39). Kalkuttadagi Yadro fizikasi instituti asoschisi (1951) va uning faxriy aʼzosi. Ilmiy ishlari termodinamika, statistik fizika, ionlanish nazariyasi, nurlanish nazariyasi, astrofizika, radiotoʻlqinlar tarqalishi nazariyasi, yadro fizikasi va boshqalarga oid. Gazlarning yuqori trada ionlanish nazariyasiga va ularni yulduzlar atmosferasini oʻrganishda qoʻllashga oid ishlari fanda katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil