Savoy qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Old darvozasi
qalʼaning yuqoridandan koʻrinishi

Savoy qalʼasi, yoki, Savoy saroyi (veng.: Savoyai Kastély), XVIII asrda Vengriyaning Rackeve shahrida barokko uslubida qurilgan qasr hisoblanadi[1]. Ushbu qalʼa hozirda mehmonxona va restoran sifatida foydalanilmoqda va uning qabulxonalari maxsus tadbirlar uchun ham ijaraga olinishi mumkin[2].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroyning qurilishi Savoy shahzodasi Yevgeniyning tomonidan 1702-yilda boshlangan va taxminan 1722-yilda tugagan. Shahzoda Evgeniy 1698-yilda Ksepel orolini qoʻlga kiritdi va keyin u „maison de plaisance“ qasrini qurishni rejalashtira boshladi.

Shahzoda Evgeniy Rimlik Karlo Fontananing shogirdi boʻlgan Iogann Lukas fon Xildebrandtga ushbu qarorgohni loyihalashtirishni topshiradi. Xildebrandtning shahzodaga yozgan yetti maktubi Mantuadagi Gonzaga oilasining arxivida saqlanib qolgan va ular qasrni rejalashtirish va qurilish maʼlumotlarini koʻrishga ruxsat beradi.

Binoning yon qanotlari boʻlib, ular 1714-yilda tugatilgan va butun qurilish jarayoni 1720—1722-yillarda tugagan. Shahzoda ushbu qasrni qurib bitkazgandan keyin yashamaydi. Uning oʻlimidan soʻng mulk unung vorisiga qoladi.

Avstriyalik Mariya Teresiya hukmronligi davrida ushbu qarorgoh va Chepeldagi unga tutash yer Vengriya kantseriyasi tomonidan boshqarilgan. 1814-yilda saroyning oʻrta qismi, barokko uslubidagi goʻzal gumbaz bilan birga yongʻin natijasida vayron boʻlgan. Bugungi kundagi saroy koʻrinishi yongʻindan keyingi qayta tamirlandagi koʻrinishidir.

1980-yillarda bino rekonstruksiya qilinguniga qadar, binoning koʻrinishi doimiy yomonlashib borgan. Saroy rekonstruksiyadan va qayta tiklanganidan soʻng koʻzni quvontiradigan darajaga kelgan va hozirda u Savoyai Mansion Hotel (vengriya: Savoyai Kastélyszálló) deb ataladigan mehmonxona sifatida ishlatiladi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Steve Fallon. Hungary. Lonely Planet, 2003 — 140 bet. ISBN 978-1-74059-152-2. 
  2. Craig Turp. DK Eyewitness Travel Guide: Hungary. DK Publishing, 2010 — 132 bet. ISBN 978-0-7566-7425-0. 
  3. „Official website of the Savoyai Mansion Hotel“. 2015-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]