Savdo uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Savdo uyi — 1) katta mikyosda savdo operatsiyalarini olib boradigan koʻp tarmoqli savdo kompaniyasi. Oʻz kapitali va jalb etilgan kapitaldan foydalanadi. Aksariyat oʻz nomidan va oʻz hisobidan eksportimport, tovar ayirboshlash va boshqa tashki savdo alokalarini amalga oshiradi. Su. savdo korxonalarini sotib olish, jihozuskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, ichki ulgurji va chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish, transport, sugʻurta va boshqa sohalarda xizmatlar koʻrsatish bilan moliya va i.ch. faoliyatida ham qatnashadi. Su. tarixan savdo kapitali mahsuli, shu sababli 20-asrning 20y.lariga qadar sobiq SSSR hududida bunday uylar savdogarlar oilalariga qarashli boʻlgan.

Yaponiyaning "Mitsubisi", "Mitsui", "Sumito" kabi 9 ta birlashma kompaniyalari jahondagi eng yirik savdo uylariga kiradi. Koreya Respublikasi, Hindiston, Braziliya, Singapur, Turkiya va boshqa mamlakatlarda ham savdo uylari keng tarqalgan. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrining boshlarida davlat universal magazinlarini aksiyadorlik savdo uylariga aylantirish hamda davlat savdo korxonalarini fuqarolarga yoki fuqaro jamoalariga sotish yoʻli bilan paydo boʻldi. 1991 y. sent.da Toshkent shahrida "Oʻzbek savdo uyi", 1992 y. mart oyida "Osiyo kontinental" xalqaro savdo uyi aksiyadorlik jamiyati va boshqa tashkil topdi. Shuningdek, Moskva, Sankt-Peterburg , Ankara, Berlin va boshqa shaharlarda oʻzbekistonlik ishbilarmonlarning savdo uylari ochilgan; 2) savdo korxonasining maxsus turi; ixtisoslashgan (mas, ust kiyim, poyabzal, gazlama va xona) yoki universal (har xil tovarlar) savdo uylari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil