Saud Alsanousiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saud Alsanousiy

Jahonga mashhur Quvayt yozuvchisi
Tavalludi 1981-yil 27-may
Quvayt, Damashq
Ijod qilgan tillari Arab tilida
Fuqaroligi Quvayt fuqaroligi
Yoʻnalish nasriy asarlar
Faoliyat yillari 2010-yildan hozirga qadar
Faoliyat turi Yozuvchilik
Janr roman
Ilk asari "Ko'zgu asiri" (2010)
Mukofotlari Arab badiiy adabiyoti boʻyicha xalqaro mukofoti

 

Saud Alsanousiy (arabcha: سعود السنعوسي) (1981-yil 27-mayda tugʻilgan) — quvaytlik yozuvchi va jurnalist. Uning debyut romani "Koʻzgu asiri" (2010) Leyla Usmon mukofotiga sazovor boʻldi. 2011-yilda uning "Bonsai va chol" qissasi Al-Arabi jurnali va BBC Arabic tomonidan tashkil etilgan tanlovda gʻolib boʻlgan. Uning "Bambuk poyasi " romani ota-onasi Quvayt-Filippin aralash boʻlgan bolaning har ikki mamlakatda oʻz oʻrnini topish uchun kurashi haqida yozilgan boʻlib, Arab badiiy adabiyoti boʻyicha xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan (2013)[1][2].

Saud Alsanousiy Quvaytda yashagan va Al-Qabas gazetasida ishlagan.

Nashr qilgan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Koʻzgu asiri (2010)
  • Bonsai va chol (2011)
  • Bambuk sopi (2012)
  • Xessa buvisining sichqonlari (2015)
  • Hamam Al Dar (Uy kabutarlari) (2017)[3]
  • Naqaat saleha (Salehaning tuyasi) (2019)

Arab badiiy adabiyoti boʻyicha xalqaro mukofotga sazovor boʻlgani[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil oqshomlaridan birida hakamlar raisi Galal Amin quvaytlik yosh yozuvchi Saud Alsanousi 2013-yilda arab adabiyoti boʻyicha xalqaro mukofot (IPAF)ni qoʻlga kiritganini eʼlon qildi.

Men oʻzim va Quvayt uchun juda xursandman, dedi mashhur yozuvchi Saud Alsanousiy ushbu oqshomda mukofotni olish chogʻida.

Alsanousining „Bambuk sopi“ asari misrlik iqtisodchi va yozuvchi Galal Amin raislik qilgan 2013-yilgi Arab badiiy adabiyoti boʻyicha xalqaro turnirning hakamlar hay’ati tomonidan olti kishilik qisqa roʻyxatdan tanlab olindi. Roʻyxatda boshqa mashhur romanlar, xususan Ibrohim Eyssaning mashhur „Ustozimiz“, Iroqlik yozuvchi Sinan Antunning „Vatan va koʻchish“ romani „Hail Mary“, saudiyalik yozuvchi Muhammad Hasan Alvanning „Qunduz“ oilaviy hikoyasi, Jana Elhassanning „Men, u va boshqa ayollar“ romanilari ham mavjud edi[4].


Filippinga tashrifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saud Alsanousiy romanni yozish chogʻida Filippinga sayohat qilgan, uning soʻzlariga koʻra, bundan asosiy maqsad oʻz asari qahramonlarining hayoti va kelib chiqishi haqida koʻproq malumot olish boʻlgan. Uning taʼkidlab oʻtishicha, koʻpchilik quvaytliklar va filippinliklar, ularning oʻzaro munosababtlari haqida juda kam bilishadi. yozuvchi oʻz asari orqali bu kabi boʻshliqlarning notoʻgʻri xayollar bilan toʻldirilmasligiga erishmoqchi boʻlganini ham alohida taʼkidlab oʻtganBenedicte Page. „Saud Alsanousi wins International Prize for Arabic Fiction“. The Bookseller (24-aprel 2013-yil). Qaraldi: 23-aprel 2013-yil. </ref>.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. M. Lynx Qualey. „Page-turning Novel by Young Kuwaiti Author Wins 2013 ʻArabic Booker’“. Arabic Literature (in English) (23-aprel 2013-yil). Qaraldi: 23-aprel 2013-yil.
  2. Benedicte Page. „Saud Alsanousi wins International Prize for Arabic Fiction“. The Bookseller (24-aprel 2013-yil). Qaraldi: 23-aprel 2013-yil.
  3. „Saud Alsanousi on His Next Novel and Writing From the Perspective of a Woman“ (inglizcha). Vogue Arabia (8-mart 2019-yil). Qaraldi: 24-avgust 2019-yil.
  4. Benedicte Page. „Saud Alsanousi wins International Prize for Arabic Fiction“. The Bookseller (24-aprel 2013-yil). Qaraldi: 23-aprel 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]