Satyagraxa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Satyagraxa (sanskritcha — haqiqat qatiylikda) — hind xalqining ingliz mustamlakasi davridagi kurash shakllaridan biri. M. Gandi tomonidan 20-a. boshida ishlab chiqilgan. Bunda kurashning turli xil usullari, mutlaqo tinchlik vositalari — mitinglar oʻtkazish, hukumatga arznomalar bilan murojaat qilish, ish tashlashlar uyushtirish, hukumat farmoyishlarini bajarmaslik, solikdarni toʻlamaslik, hokimiyat bilan hamkorlik qilmaslik, unga itoat etmaslik va umuman kuch ishlatmasdan kurashishni bildiradi. S. dastlab M. Gandi tomonidan 20-a. boshida Jan. Afrikadagi hindlarni tahqirlash siyosatiga qarshi oʻtkazildi. Gandi 1915 yilda Ahmadobod shahrida S gʻoyalarini targʻib etuvchi markaz "Satyagraxa ashram"ni tuzdi. 1918—22 ylarda mamlakatda koʻtarilgan xalq ozodlik harakati davridan boshlab S. oʻtkazish keng tuye oldi. S. tufayli Gandi Hindistonning siyosiy hayotida katta shuhrat qozondi. Mamlakatda xalq milliy ozodlik harakatining gʻalaba qilishida Gandining S usuli muhim rol oʻynadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil