Kontent qismiga oʻtish

Sason Benyaminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sason Gavrilovich Benyaminov (1929.23.4, Buxoro) — opera xonandasi (lirik bariton), Oʻzbekiston xalq artisti (1973). Toshkent konservatoriyasshsh tugatgach (1954), Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni (1962—85). 1960— 79 yillar Toshkent konservatoriyasida, 1979-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida pedagog va xonandalik (anʼanaviy ijrochilik) kafedrasi mudiri (198086). Oʻzbek, Gʻarbiy Yevropa, rus kompozitorlari operalarida 40 dan ortiqpartiya ijro etgan: Boʻron (M. Ashrafiy, S. Vasilenko, "Boʻron"), Hamza (S. Boboyev, "Hamza"), Shoh Bahrom, Nuʼmon (M. Ashrafiy, "Dilorom"), Hoji dargʻa (S. Yudakov, "Maysaraning ishi"), Robert, Onegin (P. Chaykovskiy, "Iolanta", "Yevgeniy Onegin"), Figaro (J. Rossini, "Sevilya sartaroshi") va boshqa Repertuaridan oʻzbek kompozitorlarining asarlari oʻrin olgan. Ijrochilik uslubida milliy va Gʻarb opera xonandalik anʼanalari uzviy ifodasini topgan. 1995-yildan Isroidda yashaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil