Sascha Bigalke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sascha Bigalke
Bigalke 1. FC Kölnda, 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sascha Bigalke
Tavallud sanasi 8-yanvar 1990-yil (1990-01-08) (34 yosh)
Tavallud joyi West Berlin, Germaniya
Boʻyi 1.67 m
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-1999 Reinickendorfer Füchse
1999—2007 Hertha BSC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2011 Hertha BSC II 51 (7)
2008—2011 Hertha BSC 1 (0)
2011—2012 SpVgg Unterhaching 42 (8)
2012—2014 1. FC Köln 17 (2)
2012—2014 1. FC Köln II 3 (0)
2014—2021 SpVgg Unterhaching 150 (34)
Milliy terma jamoa
2005—2006 Germaniya U16 9 (2)
2006—2007 Germaniya U17 26 (11)
2007—2008 Germaniya U18 3 (1)
2008—2009 Germaniya U19 6 (5)
2009—2010 Germaniya U20 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sascha Bigalke (talaffuzi: Sasha Bigalke; 1990-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bigalke oʻzining professional faoliyatini „Hertha BSC“ jamoasida boshlagan va debyutini 2008-yilning 31-iyulida 2008—2009-yilgi UEFA kubogi birinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida „Nistru Otaci“ ga qarshi oʻtkazgan. 2011-yil yanvar oyida Arminia Bielefeldga oʻtishni rejalashtirgan edi, biroq Bigalke transfer tugashiga oz vaqt qolganda oyogʻini sindirib olgach, kelishuv bekor boʻldi. „Hertha“ safida bor-yoʻgʻi bitta ligada oʻynaganidan soʻng, 2011-yil iyul oyida SpVgg Unterhachingga tekinga oʻtdi. 

Sascha 45 oʻyinda (liga va kubok) toʻqqizta gol urdi va oʻn ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. DFB-Pokalning 1. FC Kölnga qarshi oʻyinda oʻynaganidan soʻng, raqib jamoa murabbiylarining eʼtiborini tortdi va 2012-yilning avgustida, transferlar oynasining soʻnggi kunida ular bilan shartnoma imzoladi. Taxminlarga koʻra, transfer narxi 400 000 yevroni tashkil etgan[1].

1.FC Köln uchun birinchi mavsumida Bigalke 16 oʻyinda munosib rol oʻynadi, ulardan sakkiztasida asosiy tarkibda tushdi. 2013—2014-yilgi mavsumoldi jarayonlarda unga mahalliy SF Troisdorf jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida raqib darvozaboni jarohat yetkazib qoʻydi[2]. Keyinchalik, u deyarli butun mavsumni oʻtkazib yubordi

2014-yil 22-iyulda 1. FC Köln Bigalke va yana toʻrt nafar oʻyinchi boshqa asosiy jamoada oʻynamasligini eʼlon qildi. Buning oʻrniga uni klubni tark etishga chaqirishdi va ikkinchi jamoa bilan mashgʻulotlarda qatnashishga majbur boʻldi[3]. Uning shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra[4] bekor qilindi va Unterhachingga bepulga qaytishga muvaffaq boʻldi. Sascha ular bilan bir yillik shartnoma imzoladi, shartnomada yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor edi[5].

Bigalke 2021-yilning mart oyida jarohatlar tufayli futboldan ketgan[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

25-iyun, 2020-yilgi holat boʻyicha

Klublarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Jami Mnb.
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Hertha BSC II 2007-08 NOFV-Oberliga Nord 7 3 7 3 [7]
2008-09 Regionalliga Nord 18 2 18 2 [7]
2009-10 Regionalliga Nord 23 2 23 2 [7]
2010-11 Regionalliga Nord 3 0 3 0 [7]
Jami 51 7 51 7
Hertha BSC 2008-09 Bundesliga 0 0 0 0 1 0 1 0 [7]
2009-10 Bundesliga 1 0 0 0 2 0 3 0 [7]
Jami 1 0 0 0 3 0 4 0
SpVgg Unterhaching 2011-12 3. Liga 35 6 2 1 37 7 [7]
2012-13 3. Liga 7 2 1 0 8 2 [7]
Jami 42 8 3 1 45 9
Köln 2012-13 2. Bundesliga 16 1 2 0 18 1 [7]
2013-14 2.Bundesliga 1 1 0 0 1 1 [7]
Jami 17 2 2 0 19 2
Köln II 2012-13 Regionalliga West 1 0 1 0 [7]
2013-14 Regionalliga West 2 0 2 0 [7]
Jami 3 0 3 0
SpVgg Unterhaching 2014-15 3. Liga 8 0 0 0 8 0 [7]
Jami 8 0 0 0 8 0
SpVgg Unterhaching 2015-16 Regionalliga Bayern 12 6 0 0 12 6 [7]
2016-17 Regionalliga Bayern 34 19 1 0 2 1 37 20 [7]
2017-18 3. Liga 36 4 1 0 37 4 [7]
2018-19 3. Liga 33 2 0 0 33 2 [7]
2019-20 3. Liga 25 2 0 0 1 0 26 2 [7]
Jami 140 33 2 0 3 1 145 34
Jami faoliyati 262 50 7 1 6 1 275 52

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Terma jamoa Ishtirok Gollar
2005—2006 Germaniya U16 9 2
2006—2007 Germaniya U17 26 11
2007—2008 Germaniya U18 3 1
2008—2009 Germaniya U19 6 5
2009—2010 Germaniya U20 3 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bigalke zu Köln“ (olmoncha). abendzeitung-muenchen.de (31-avgust 2012-yil). Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
  2. „Kölner Bigalke erleidet in Testspiel Kreuzbandriss“ (olmoncha). ruhrnachrichten.de (22-iyun 2013-yil). 2017-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
  3. „Ein Quintett steht im Abseits“ (olmoncha). rundschau-online.de (22-iyul 2014-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
  4. „Sascha Bigalke verlässt den FC“ (olmoncha). fc-koeln.de (18-avgust 2014-yil). Qaraldi: 28-avgust 2014-yil. [sayt ishlamaydi]
  5. „FC-Abgang: Sascha Bigalke wechselt nach Unterhaching“ (olmoncha). express.de (25-avgust 2014-yil). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2014-yil.
  6. „Bigalke beendet Karriere: Ich wollte nicht auf der Trage vom Platz gebracht werden“ (de-DE). kicker (9-mart 2021-yil).
  7. 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 7,12 7,13 7,14 7,15 7,16 7,17 „Sascha Bigalke » Club matches“. World Football. Qaraldi: 22-fevral 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]