Kontent qismiga oʻtish

Sarxumdon mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sarxumdon

Sarxumdon mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Avtomobil kodi 01

Sarxumdon mahallasi (Gulobod daxasi, 86/1) — Shayxontohur tumanidagi xozirgi maxalla. „Gulobod“, „Kattaxovuz“ mahallalari bilan chegaradosh[1].

Shoʻrolar davrida 1975-yilgacha mahalladagi „Qizil tovush“ kuch. nomi bilan atalgan. 1975 yil yakka tartibdagi eski uylar buzilib, yangi koʻp qavatli binolar qurilgach, Gulobod dahasi yuzaga kelgan. 1991 yil 28-aprelda mahalla „Sarxumdon“ tarixiy nomi bilan qayta tashkil qilingan.

Aholisi 7100 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Mahalla xududida 36 ta koʻp qavatli uylar, bolalar bogʻchasi, „Tekstil Impeks“ qoʻshma korxonasi, maxsus internat-maktab joylashgan.

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 477 bet.