Sarkor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sarkor (fors. — ishboshi, nazoratchi, boshkaruvchi) — 1) Temuriylar saltanatida kurilish va ommaviy hasharlarda ishboshi boʻlgan mansabdor. "S." soʻzi Alisher Navoiy asarlarida teztez qoʻllanishda boʻlgan; 2) Xiva xonligida S. zarur paytlarda harbiy harakatlarda ishtirok etgan va koʻp hollarda dushman mudofaa istexkomlari va qalʼalari devorlari yonida barpo etiladigan sarkoʻblarni qurish, ular ustiga oʻt sochar quroltoʻpni olib chiqish ishlariga boshchilik kilgan; 3) Qoʻqon xonlari tarixiga oid arxiv hujjatlardan maʼlum boʻlishicha, S. Aholining turli qatlamlaridan soliq — xiroj undirish, muayyan shaxsni soliqdan ozod qilish, yuqori mansabdor tavsiyasiga yoki biror kishi arizasiga binoan, fuqarolarni yoxud askarlarni dondun bilan taʼminlash vazifasini ham bajargan; 4) Eronda mahalliy yer egalari ixtiyoridagi maxsus qurolli boʻlinma boshligʻi; 5) Turkiyada 18—19-asrlarda oliy bosh qoʻmondon.

Hozirgi paytda ham xalq jonli soʻzlashuv tilida hashar yoʻli bilan ariq va zovurlar qazish, imorat qurish singari ishlarga boshchilik qiluvchi yoki toʻy-maʼrakalarga boshqosh boʻluvchi shaxs baʼzan S. deb nomlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil