Sarduri I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sarduri I — Urartu podshosi (mil. av. 9-asrning 2-yarmi); Lutipri oʻgʻli. Ossuriya podshosi Salmanasar III ning zamondoshi; mil. av. 833 y. voqealari hakidagi bitiklarda Seduri nomi bilan qayd etilgan. S. davrida davlatning poytaxti Tushpa shahriga koʻchirilgan. S. Ossuriya bilan urushlar olib borgan. S. davrida Urartu podsholigi kuchli davlatga aylangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil