Kontent qismiga oʻtish

Sara Björk Gunnarsdóttir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sara Björk Gunnarsdóttir
Sara Björk 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sara Björk Gunnarsdóttir
Tavallud sanasi 29-sentyabr 1990-yil (1990-09-29) (34 yosh)
Tavallud joyi Iceland
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Juventus
Raqami 77
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2008 Haukar 22 (18)
2008-2010 Breiðablik 41 (17)
2011-2016 FC Rosengård 110 (34)
2016-2020 VfL Wolfsburg 63 (12)
2020-2022 Olympique Lyonnais 17 (3)
2022- Juventus 1 (0)
Milliy terma jamoa
2007 Islandiya U-17 4 (0)
2007-2008 Islandiya U-19 13 (4)
2007- Islandiya 139 (22)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 17-may uchun)

Sara Björk Gunnarsdóttir (1990-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — islandiyalik professional futbolchi, Italiya A seriyasining Juventus klubi yarim himoyachisi va Islandiya ayollar terma jamoasi sardori.

Sara Björk 2007-yildan buyon Islandiya ayollar futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlib, 2009-, 2013-, 2017- va 2022-yillardagi UEFA ayollar chempionatida oʻz mamlakatini himoya qilgan. U ikki marta, 2018-[1] va 2020-yillarda[2] Islandiyada yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan. 2020-yil avgust oyida u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan birinchi islandiyalik bo‘ldi[3].

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sara Björk olti yoshida mahalliy Haukar jamoasiga qoʻshildi va u 18 yoshiga qadar oʻsha klubda oʻynadi. Breiðablik bilan keyingi uch mavsumdan soʻng 2011-yilda Islandiyani tark etib, Shvetsiyaning LdB FC Malmö klubi bilan uch yillik professional shartnoma imzoladi[4]. U Shvetsiyada tez orada muvaffaqiyat qozondi va 12 ta gol urdi, Malmö Damallsvenskan chempionligini qoʻlga kiritdi[5]. 2013-yil avgust oyida u Twitter orqali Malmö bilan shartnomasini yana ikki yarim mavsumga uzaytirganini eʼlon qildi[6].

2016-yilning may oyida Sara Björk Malmö (hozirgi Rozengard nomi bilan tanilgan) bilan shartnomasini uzaytirmasligini eʼlon qildi va besh yil ichida toʻrtta Damallsvenskan chempionligini qoʻlga kiritgach, Shvetsiyani tark etishni rejalashtirdi. Oʻsha bosqichda u Germaniyaning VfL Wolfsburg klubiga oʻtishi haqidagi taxminlarni tasdiqlamadi[7]. Koʻp oʻtmay, 2016-2017-yilgi mavsum oldidan Wolfsburgga transfer rasmiylashtirildi[8]. Wolfsburg bilan toʻrt mavsumda klub har yili Frauen-Bundesliga va Germaniya kubogini qoʻlga kiritdi[9].

2020-yil 1-iyulda u Olympique Lyonnaisga qo‘shildi[10]. 9-avgust kuni jamoasi Fransiya kubogi doirasida Paris Saint-Germainni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, Sara klub bilan birinchi chempionligini qo‘lga kiritdi[11]. 30-avgust kuni u UEFA ayollar chempionlar ligasi finalida oʻzining sobiq jamoasi Wolfsburgga qarshi Olympique Lyonnaisning 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida bitta gol urdi[12].

2020-yil dekabr oyida Sara Islandiyaning yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi va bu sovrinni ikki marta yutgan birinchi ayolga aylandi[13]. 2021-yil aprel oyida u birinchi farzandiga homilador ekanligini eʼlon qildi. U 2022-yilning mart oyida maydonga qaytdi. Oʻsha yilning may oyida u mavsum oxirida Lyonni tark etishini tasdiqladi[14].

2022-yilning 1-iyulida Sara Juventus ga oʻtdi[15].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sara Björk Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini Växjo shahridagi Myresjohus Arenada, 6-aprel 2013-yil

Sara Björk 2007-yilning avgust oyida 16 yoshida Islandiyaning kattalar terma jamoasiga kiritilgan[16].

17 yoshga toʻlishiga hali bir oy qolganda, u milliy terma jamoadagi debyutini Dravogradda boʻlib oʻtgan UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 saralash bosqichi doirasidagi Sloveniyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Sara Björk 87-daqiqada Katrín Ómarsdóttir oʻrniga maydonga tushdi.

Sara Björk 2009-yil Algarve kubogida Islandiya terma jamoasi Norvegiya ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita gol urdi va Finlandiyada boʻlib oʻtadigan UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 finali uchun tarkibga kiritildi[17]. U guruhdagi uchta o‘yinda ham ishtirok etdi, Islandiya birinchi bosqichdayoq musobaqadan chiqib ketdi.

Ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Sigurður Eyjólfsson uni UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 musobaqasi uchun tanladi[18], toʻrtta oʻyinda qatnashdi, chorak finalda mezbon Shvetsiyaga 4:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Margrét Lara Viðarsdóttir tugʻruq taʼtilida boʻlganligi sababli, 2014-yilda yangi terma jamoa bosh murabbiyi Freyr Alexandersson Sara Björkni Islandiya terma jamoasi sardori etib tayinladi[19].

Sara Björk 2018-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasi finalida jarohat olib, oqsoqlanib qoldi. U 2018-yilning iyun oyida Islandiyaning Sloveniyaga qarshi o‘yinida ishtirok eta olmagan[20].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sara Björk hamkasbi Árni Vilhjálmssonga turmushga chiqqan, juftlikning bir oʻgʻli bor[21].

Rosengård

  • Damalsvenskan: 2011, 2013, 2014, 2015
  • Svenska Kupen: 2015-16
  • Svenska Supercupen: 2011, 2012, 2015, 2016

VfL Wolfsburg

  • Bundesliga: 2016-2017, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020
  • DFB-Pokal: 2016-2017, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020

Olympique Lyonnais

  • Fransiya kubogi: 2019-2020
  • UEFA ayollar chempionlar ligasi: 2019-2020, 2021-2022
  • 2008-yilda Haukarda yilning eng yaxshi sportchisi
  • Yilning eng yaxshi Islandiya ayol futbolchisi: 2013, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020
  • Yilning eng yaxshi island sportchisi: 2018, 2020
  1. Valur Páll Eiríksson. „Sara Björk er íþróttamaður ársins 2018“ (is). RÚV (2018-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
  2. Anton Ingi Leifsson. „Sara Björk íþróttamaður ársins með fullt hús stiga“ (is). Vísir.is (2020-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  3. Ingvi Þór Sæmundsson. „Forsætisráðherra sendi Söru hamingjuóskir: "Mögnuð íþróttakona og sannkallað afrek"“ (is). Vísir.is (2020-yil 31-avgust). Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
  4. Sigurdsson, Albert. „Sara Björk Gunnarsdóttir to LdB Malmö“. Wsoccernews.com (2011-yil 27-mart). Qaraldi: 2013-yil 24-avgust.
  5. Steinarsson. „Lífið í atvinnumennskunni: Sara Björk Gunnarsdóttir“ (is). Pressan.is (2012-yil 15-yanvar). 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-avgust.
  6. „Sara Björk framlengir við Malmö“ (is). Visir.is. 365 (media corporation) (2013-yil 13-avgust). Qaraldi: 2013-yil 24-avgust.
  7. Þórðarson, Tómas Þór. „Sara Björk segir ekkert um Wolfsburg“ (is). Visir.is. 365 (media corporation) (2016-yil 2-may). Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  8. „Der perfekte Schritt für mich“ (de). VfL Wolfsburg (2016-yil 9-iyul). Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  9. Haukur Harðarson. „Sara Björk þýskur meistari fjórða árið í röð“ (is). RÚV (2020-yil 17-iyun). Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
  10. @OLfeminin. „L’Olympique Lyonnais informe des arrivées des internationales Sara Gunnarsdottir et Lola Gallardo qui ont signé un contrat de deux ans avec l’OL, soit jusqu’en juin 2022.“ (French) (2020-yil 1-iyul).
  11. Anton Ingi Leifsson. „Fyrsti titill Söru í Frakklandi“ (is). Vísir.is (2020-yil 9-avgust). Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
  12. „Wolfsburg 1-3 Lyon: Women's Champions League final report“. UEFA.com (2020-yil 30-avgust).
  13. Anton Ingi Leifsson. „Sara Björk íþróttamaður ársins með fullt hús stiga“ (is). Vísir.is (2020-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  14. Víðir Sigurðsson. „Sara Björk yfirgefur Lyon í sumar“ (Icelandic). Morgunblaðið (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  15. „WELCOME TO JUVENTUS WOMEN, SARA!“. Juventus.com (2022-yil 24-iyun).
  16. Ingvi Þór Sæmundsson. „Sjáðu viðtal við Söru þegar hún var valin fyrst í íslenska landsliðið“ (is). Vísir.is (2020-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
  17. „Sara Björk Gunnarsdóttir“. UEFA.com. UEFA. 2013-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-avgust.
  18. Stefánsson. „Familiar squad for Iceland“. uefa.com. UEFA (2013-yil 24-iyun). Qaraldi: 2013-yil 24-avgust.
  19. „Freyr Alexandersson í viðtali“ (is). Leiknir.com (2014-yil 13-yanvar). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
  20. Ýr Eggertsdóttir, Ástrós. „Sara Björk er hundrað prósent tilbúin: "Skiptir engu máli hvað var, það snýst allt um laugardaginn"“ (is). Vísir.is (2018-yil 30-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
  21. Etoe. „Euro 2022: Iceland's Sara Bjork Gunnarsdottir on being a mother and professional footballer“. BBC Sport (2022-yil 26-iyun). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.