Sapun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sapun — ichki yonuv dvigateli karterini atmosfera bilan tutashtiruvchi qurilma. S. porshen halqalari zich boʻlmaganligi tufayli porshen bilan silindr orasidagi tirqishdan karterga oʻtgan gazlarni chiqarib yuborish va karterni shamollatish uchun xizmat qiladi. Karterdagi moy gaz bilan birga tashqariga chiqib ketmasligi va tashqaridan karterga iflos havo kirmasligi uchun S.ga maxsus filtrli moy qaytargich oʻrnatiladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil