Saodat Sodiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saodat Sodiqovich Sodiqovdan yoʻnaltirildi)

Saodat Sodiqovich Sodiqov (1910, Qoʻqon — 1995.3.1. Toshkent) — genetik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Urta Osiyo paxtachilik va ipakchilik institutini tugatgan (1932). SoyuzNIXIning Markaziy seleksiya stansiyasida katta ilmiy xodim (1937—39), 1939—42 yillarda Armiya safida. Oʻzbekiston Davlat nazorati vazirligi xodimi (1942—48). 1948-yildan Usimliklar eksperimental biologiyasi institutida gʻoʻza amaliy genetikasi laboratoriyasi mudiri (1950—63 yillarda shu institut direktori). Ilmiy ishlari gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi, radiobiologiya, gʻoʻzaning viltga chidamlilik genetikasi, fiziologiyasi va biokimyosi masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1996).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sovetskiy yegipetskiy xlopok v Oʻzbekistane, T., 1939; Povisheniye skorospelosti i urojaynosti xlopchatnika, T., 1972.