Sanggardak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanggardak, Sankarda — ilk oʻrta asrlarda Kesh viloyatiga qarashli rustoq va shahar nomi. S. shahri Sangardakdaryonknt oʻrta oqimi vodiysida, Chagʻoniyon poytaxti (hozirgi Denov)dan 30– 35 km masofada, hozirgi Sangardak kishlogʻi oʻrnida boʻlgan. Bu qishloqning eski markazi hozirgacha "Xondiza" deb ataladi, bu uning koʻhna qishloq ekanligidan dalolat beradi. Sugʻdcha "diza" — qalʼa soʻz boʻlagi borligi uni ilk oʻrta asrlarga oidligini bildiradi. Qishloq yaqinidagi oʻrta asr qabristonini S. daryosi yuvib ketgan. 19-asrda S. aholisining asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. Yozda aholi daryoning oʻng qirgʻogʻi boʻyidagi bogʻlarga chiqib, oʻtovlarda yashaganlar.

Oʻrta asrlarda S. shahri shu nomdagi rustoqning maʼmuriy markazi boʻlgan. Ibn alAsirning yozishicha, S. rustoqida Muqannaning qalʼasi joylashgan. 19-asr oxirida Yurchi qishlogʻi qarshisidagi togʻ qoyasining nomi "Sana" yoxud "Sanam" atalib, bu togʻlarda shu nomdagi qishloq ham boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kamal idd i nov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nach. XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil