Sanga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanga (nem. Zange) — silindrik yoki prizmatik shakldagi detallarni qisib qoʻyish uchun moʻljallangan moslama. Prujinalanuvchan (qisilib-kengayuvchan) qismi qirqma vtulkadan iborat. Metall kesish yoki yogʻochga ishlov berish stanoklarida qisuvchi patron sifatida, oʻzagi (grafiti) qisib qoʻyiladigan qalamlarda ishlatiladi. S.ning bir tomonlama va ikki tomonlama turlari bor. S. kallak, oʻrta kiyem, prujinalanuvchi qism va yoʻnaltiruvchi qismlardan iborat. Kallak tomonida qisish kulachoklarini ikkiga ajratib turuvchi oʻyigʻi boʻladi. Detalni S.ga tashqi yoki ichki sirtidan qisib qoʻyish mumkin. Detalni S.ga qisib qoʻyish uchun konussimon qismining tashqi yoki ichki sirtiga oʻq tomonga yoʻnalgan kuch taʼsir ettirish lozim. S. metall (stanoklarda) yoki plastmassa (qalamlarda) dan yasaladi.