George Sand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sand Jorjdan yoʻnaltirildi)
George Sand portreti. Rassom Auguste Charpentier (1838).

Amantine Lucile Aurore Dupin (talaffuzi: Amandina Lyusil Avrora Dyupen; 7-yanvar 1804-yil, Parij — 6-avgust 1876-yil, Noan, Endr departamenti) — George Sand (talaffuzi: Jorj Send) taxallusi ostida tanilgan fransuz yozuvchisi va jurnalisti.[1][2] Romanlari („Indiana“, 1832; „Valentina“, 1832; „Leliya“, 1833; „Jak“, 1834; „Sayok, shogird“, 1840; „Yan Jijka“, 1843; „Yosh qizning eʼtirofi“, 1864; „Soʻnggi muhabbat“, 1867) da ijtimoiy adolat va shaxs erkinligi, xususan, ayollar huquqi masalalari uning ijtimoiyutopik qarashlari bilan uygʻunlashgan.

Fransuz demokrat romanistlari anʼanalarini davom ettirgan Sand 30-yillarning oʻrtalaridan boshlab sensimonchilar gʻoyalari, soʻl respublikachilar qarashlari bilan qiziqqan. Uning „Mopra“ (1837), „Oras“ (184142) romanlari shu ruxda yozilgan. Isyonkor romantizm, milliy ozodlik kurashi pafosi „Konsuelo“ (1842—43) romanida oʻz ifodasini topgan. Sand, shuningdek, „Qor odam“ (1858), „Rimlik Jan“ (1859) kabi romanlar, „Hayotim tarixi“ koʻp jildli memuar ham yozgan (1854-55).[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hart, Kathleen. Revolution and Women's Autobiography in Nineteenth-century France. Rodopi, 2004 — 91 bet. 
  2. Lewis, Linda M.. Germaine de Staël, George Sand, and the Victorian Woman Artist. University of Missouri Press, 2003 — 48 bet. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]