San Juan, Puerto-Riko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
San Juan, Puerto-Riko
San Juan, Puerto Rico (2529298606).jpg
18°25′20.1292″N 66°4′5.9718″W / 18.422258111°N 66.068325500°W / 18.422258111; -66.068325500Koordinatalari: 18°25′20.1292″N 66°4′5.9718″W / 18.422258111°N 66.068325500°W / 18.422258111; -66.068325500
[[File:|290px|San Juan, Puerto-Riko xaritada]]
Red pog.png

San-xuan — PuertoRikoning maʼmuriy markazi, PuertoRiko o.ning shim. sohilida joylashgan yirik port. Aholisi 438 ming kishi (1995, shahar atrofi bilan 1 mln. kishi). Mamlakatning sanoat, savdo va madaniy markazi. Iklimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin 1550 mm. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

Port orqali chetga shakarqand, rom, tamaki, kofe, sabzavot va mevalar eksport qilinadi. Oziqovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, mashinasozlik, sement, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari bor. Shaharga 1508 yilda asos solingan va dastlab Kaparra, 1521 yildan yangi joyga koʻchirilib PuertoRiko (ispancha — boy port) deb nomlangan. Keyinchalik orolni PuertoRiko, shaharni esa SX. deb atay boshlaganlar. Meʼmoriy yodgorliklardan qasrlar (1533), sobor (1540—87), cherkov (1929) saqlangan. universitet, Ispan tili akademiyasi, PuertoRiko madaniyati instituti, kutubxona, muzey va teatrlar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil