Samtavr qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samtavr qabristoni — Samtavr monastir ansambli yaqinida joylashgan. Gruziyadagi Mtsxeta shahrining shimoliy chekkasida, taxminan 18 gektar maydonda joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samtavr qabristonida qazib olingan topilmalar bu yerda qadimiy manzilgoh boʻlganligini tasdiqlaydi[2]. Qabriston hududida ilmiy asoslangan qazishmalar 1937-yildan boshlangan.

Qabriston Kura va Aragvi daryolari qoʻshilishida, shuningdek, Kartli davlatining qadimgi poytaxti Mtsxeta shahridagi shahargacha boʻlgan davrda boʻlgan aholi punkti hududining asosiy qabristoni hisoblanardi[3].

Topilmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabriston hududida 3000 ga yaqin turli qabrlar qazilgan. Qazishmalar natijasida qurol-yarogʻlar, asbob-uskunalar, sehrgarlar osori-atiqalari, kulolchilik, shisha, zargarlik buyumlari, tangalar va boshqalar topilgan.

Samtavr qabristonining eng qadimiy qabrlarida Kaspiy tipidagi uzun boshli, yuzi choʻzinchoq bosh suyakli yevropoid irqiga mansub, kavkaz millatiga oʻxshash inson bosh suyaklari topilgan[4][5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]