Kontent qismiga oʻtish

Samruk-Kazyna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samruk-Kazyna
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Tarmogʻi Conglomerate
Egasi Government of Kazakhstan va Ministry of Finance
Qachon asos solingan 2008-yil
Joylashuvi location
Rahbariyat Alihan Smaiylov
Nurlan Zhakupov[1]
Aylanma daromadi 5.124 milliard tenge
Boyligi $94.1 milliard
Ishchilar soni 312,400
Shoʻba korxonalari KazMunayGas, Kazatomprom,Kazakhstan Temir Zholy, Air Astana, Samruk-Energy, Kegoc, Tau Ken Samruk, Kazpost
Vebsayti http://www.sk.kz/

Samruk-Kazyna (qozoqcha: Самұрық-Қазына, Samūryq-Qazyna) — Qozogʻistondagi suveren jamgʻarma va aksiyadorlik jamiyati boʻlib, mamlakatdagi bir qator yirik kompaniyalarga toʻliq yoki qisman egalik qiladi. Bunga milliy temir yoʻl va pochta xizmati, „KazMunayGaz“ neft-gaz kompaniyasi, „Kazatomprom“ uran kompaniyasi, „Air Astana“ kompaniyasi va boshqalar kiradi. Davlat fondining yagona aksiyadori hisoblanadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samruk-Kazyna kompaniyasi 2008-yil oktyabr oyida Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan ikkita Samruk va Kazyna kompaniyalarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. Hozirgi kunda kompaniyaning direktorlar kengashi raisi lavozimida Almasadam Satkaliev ishlamoqda[3]. Bungacha oʻsha paytdagi bosh vazir Baxitjan Sagintayev rais, Umirzoq Shukeyev esa bosh ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan edi. Mustaqil direktorlar orasida esa Sir Richard Harry Evans, Alper Akdeniz, Wilhelm Benderlar bor.

Nursulton Nazarboyev milliy kompaniyalarni davlat nazorati ostidagi yagona xoldingga birlashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Barcha milliy kompaniyalarni davlat nazorati ostidagi yagona xoldingga birlashtirish gʻoyasi esa Nursulton Nazarboyev tomonidan 2003-yil kuzida Singapurga qilgan tashrifidan soʻng paydo boʻlgan. Nursulton Nazarboyev Li Kuan Yuning davlat boshqaruvi va iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi faoliyatini yuqori baholadi hamda Qozogʻistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda „Singapur iqtisodiy moʻjizasi“ tajribasini inobatga oldi.

Samruk-Kazyna jamgʻarmasiga tegishli tashkilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Samruk-Kazyna jamgʻarmasiga qisman yoki toʻliq tegishli boʻlgan tashkilotlarning qisman roʻyxati keltirilgan. Jamgʻarma tomonidan nazorat qilinadigan aksiyalarning foizi qavs ichida koʻrsatilgan[4]. Jamgʻarmaning kompaniyalar guruhiga 2014-yil 30-iyun holatiga koʻra 576 ta shoʻba korxonalari kiritilgan.

  • „KazMunayGaz“ MK (90%)
  • „Kazakhstan Electricity Grid Operating Company“ OAJ (90%)
  • „Kazakhtelecom“ OAJ (51%)
  • „Kazpost“ OAJ (100%)
  • „Kazakhstan Engineering“ OAJ (56,35%)
  • „Pavlodar Airport“ (100%)
  • „Aktobe Airport“ (100%)
  • „Air Astana“ OAJ (51%)
  • „Samruk-Kazyna Contract“ MChJ (100%)
  • „Samruk-Kazyna Invest“ MChJ (100%)
  • „Samruk-Energy“ AK (100%)
  • „Real Estate Fund Samruk-Kazyna“ AJ (100%)
  • „Kazakhstan Temir Zholy“ AJ (100%)
  • „Kazatomprom“ OAJ NK (75%)
  • „United Chemical Company“ MChJ (100%)
  • „Tau-Ken Samruk“ OAJ (100%)
  • „Alliance bank“ OAJ (51%)
  • „Shalkiya Zinc Ltd“ OAJ (100%)
  • „KOREM“ OAJ (100%)
  • „Atyrau Airport“ OAJ (100%)
  • „Karagandagiproshaht & K“ MChJ (90%)
  • „Samruk-Kazyna Finance“ MChJ (100%)

Xususiylashtirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samruk-Kazyna jamgʻarmasi xorijiy investorlarga bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish maqsadida xususiylashtirish dasturini taklif qiladi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]