Samarqand ertagisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samarqand ertagisi - eng ertapishar mahalliy olma navi. Xalq seleksiyasida Samarqand shahri atroflarida chiqarilgan. Daraxti baland, shoxshabbasi keng, bal. 8—10 m ga boradi. Gul kurtaklari bir yillik novdalarda hosil boʻladi. Gullari yirik. Aprel boshlarida gullaydi. Mevasi mayda, vazni oʻrtacha 30—35 g, gohida 50 g gacha boradi, yumaloq, sirti tekis, taramtaram, kizil. Pusti yupka, eti oq, suvli, shirin, yoqimli. Mevasi iyun oʻrtalarida pishib yetiladi. Koʻchati oʻtqazilgach, 4yildan muntazam hosilga kiradi. Har tup daraxtidan 50—200 kg gacha xrsil olinadi. Sovuqqa chidamli. Koʻproq tomorqa bogʻlarda ekish tavsiya etiladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil