Samarqand nafis aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

SAMARQAND "NAFIS" AKSIYADORLIK JAMIYATI - yengil sanoat korxonasi, "Oʻzbekengilsanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi; milliy chinni buyumlar (lagan, kosa, piyola, choynak, koʻza, sovgʻabop chinni toʻplamlari) ishlab chiqaradi. 1970 yilda "Samarqand chinni buyumlari zavodi" nomi bilan ishga tushirilgan, yillik quvvati 22 mln. dona chinni buyumlar.

1994 yildan hozirgi nomida. 1990 yildan korxonada mahalliy xom ashyo hisobiga mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi — Angren kaolinidan va Langar pegmatitidan foydalanila boshlandi. Ommabop chinni buyumlardan "Uzum", "Oq oltin", "Tovus", "Navroʻz" nomli sharq buyumlari toʻplami, "Sabrina", "Semurgʻ" nomli bezatilgan koʻzalar ishlab chiqariladi.

Korxonada 1500 ga yaqin ishchi faoliyat koʻrsatadi, 13500 ming dona yoki 2 milliard soʻmlikdan koʻproq mahsulot ishlab chiqarildi (2002). Korxona mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil