Samarqand nafis aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SAMARQAND "NAFIS" AKSIYADORLIK JAMIYATI - yengil sanoat korxonasi, "Oʻzbekengilsanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi; milliy chinni buyumlar (lagan, kosa, piyola, choynak, koʻza, sovgʻabop chinni toʻplamlari) ishlab chiqaradi. 1970-yilda "Samarqand chinni buyumlari zavodi" nomi bilan ishga tushirilgan, yillik quvvati 22 mln. dona chinni buyumlar.

1994-yildan hozirgi nomida. 1990-yildan korxonada mahalliy xom ashyo hisobiga mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi — Angren kaolinidan va Langar pegmatitidan foydalanila boshlandi. Ommabop chinni buyumlardan "Uzum", "Oq oltin", "Tovus", "Navroʻz" nomli sharq buyumlari toʻplami, "Sabrina", "Semurgʻ" nomli bezatilgan koʻzalar ishlab chiqariladi.

Korxonada 1500 ga yaqin ishchi faoliyat koʻrsatadi, 13500 ming dona yoki 2 milliard soʻmlikdan koʻproq mahsulot ishlab chiqarildi (2002). Korxona mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil