Samad Behrangiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Samad Behrangiy (1939-1968) zamonaviy Eron adabiyotining yorqin siymolaridan biridir.

U 1939 yilning 23-iyunida Eronning Tabriz shahrida dunyoga kelgan. Samed o‘rta maktabni tamomlagandan soʻng 1955 yilda muallimlar tayyorlash bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Talabalik paytida hamfikr doʻstlari bilan birga “Gulush” nomli satirik jurnal chiqara boshlagan. 1957 yildan umrining oxirigacha Eronning ozariy qishloqlarida muallimlik qilgan. Shu bilan birga ozariy qishloqlarini kezib xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplagan. 1963 yilda xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan iborat “Pora pora” (sheʼr va tez aytishlar) kitobi nashr qilingan. Bir necha turk yozuvchilarining asarlarini ozariy lahjasiga oʻgirgan. Uning “Eron taʼlim tizimi muammolari” va “Ozarbayjon maktablari uchun ozariy alifbo” nomli kitoblari katta bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan. 1967-1968 yillar adib ijodining eng sermahsul davri boʻlgan. Italiyaning nomdor “Bulumi Oltin Mukofoti”ga sazovor boʻlgan “Qora baliqcha” asari ham 1968 yilda bosilgan va oʻsha yilning oʻzida dunyoning juda koʻplab tillariga tarjima qilingan.

Samed Behrangiy 1968 yilning sentabrida fojiali bir tarzda hayotdan koʻz yumgan. Adibning Aras daryosiga choʻkib oʻlgani haqidagi xabar Eron xalqi bilan birga uning asarlarini oʻqigan barcha kitobxonlarni qaygʻuga gʻarq qildi.