SamDU akademik litseyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyi.

Akademik litsey tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlimi hamda Xalq taʼlimi vazirliklarining 1995 yil 1-dekabrdagi qoʼshma buyrugʼi asosida 1996 yilning 15-yanvar kuni SamDU qoshida litsey-internat tashkil qilingan.

SamDU akademik litseyi binosi

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 204-sonli „Oʼzbekiston Respublikasida oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida“gi qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 1998-yil 16-iyuldagi 192-sonli, hamda Samarqand viloyat hokimligi oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi boshqarmasining 1998-yil 24-iyuldagi 44-sonli buyruqlariga asosan SamDU qoshidagi litsey-internatga 1998-yil 1-sentyabrdan akademik litsey maqomi berildi.

Taʼlim yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda akademik litsey 3 ta taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha chuqur taʼlim berishga ixtisoslashtirilgan:

  1. Aniq fanlar (iqtisod) – matematika, xorijiy til (ingliz), ona tili va adabiyot.
  2. Aniq fanlar (texnika) – fizika, matematika, ona tili va adabiyot.
  3. Tabiiy fanlar – biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot.

Mavjud kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi vaqtda akademik litseyda:

  • Aniq fanlar
  • Tabiiy fanlar
  • Gumanitar fanlar
  • Xorijiy filologiya kafedralari faoliyat koʼrsatmoqda.

Oʻquv xonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik litseyda 58 ta zamonaviy oʼquv xonalari, 100 oʼrinli va 28500 dan ortiq nusxadagi kitob fondiga ega boʼlgan axborot resurs markazi, 200 oʼrinli majlislar zali, zamonaviy oʼqitish texnik vositalar bilan taʼminlangan 4 ta informatika xonasi va 2 ta chet tillariga ixtisoslashgan xona, 2 ta kimyo, 2 ta fizika va 2 ta biologiya laboratoriya xonasi mavjud.

Oʻquvchilar turar joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzoq tumanlardan qabul qilingan oʼquvchilar uchun barcha qulayliklarga ega boʼlgan 200 oʼrinli yotoqxona mavjud. Oʼquvchi va oʼqituvchilarga sogʼlom ovqatlanishlari uchun 2 ta oshxona faoliyat koʼrsatmoqda.

Ilmiy salohiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda SamDU litseyida 400 dan ortiq oʼquvchi yoshlarga 50 dan ortiq yuqori malakali oʼqituvchilar taʼlim berib kelmokda. Ulardan 11 nafari fan nomzodlari, dotsentlar hamda 40 dan ortigʼi bosh va yetakchi oʼqituvchilardir. Akademik litsey oʼqituvchilari tomonidan bugungi kungacha 200 ga yaqin oʼquv, oʼquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, qoʼllanmalar yaratilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]