Salvini Tommazo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salvini Tommazo (1829.1.1, Milan — 1915.31.12, Florensiya) — italyan aktyori. 19-asr sanʼatining yirik namoyandasi. 1843-yildan G. Moden rahbarligidagi truppada ishlagan, 1848-yil milliy ozodlik kurashida qatnashgani sababli 2 marta qamoqqa olingan. 60y.lardan oʻzi tashkil etgan truppaga rahbarlik qilgan. 1869-yildan doimiy gastrollarda (Yevropa, jan. va shim. Amerika, Rossiya va boshqalar) boʻlgan. U, asosan, Shekspir dramalaridagi qahramonlar (Hamlet, Makbet, Lir va boshqalar) obrazi bilan shuhrat qozongan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil