Saltilo
Jump to navigation
Jump to search
Saltilo — Meksikaning shim,sharqiy qismidagi shahar. Koauila shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 577 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining muxim tuguni. Meksika shim. dagi konchilik r-ni markazi. Rangli metallurgiya, ogʻir va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kimyo, toʻqimachilik, jun, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Meksika qoʻltigʻi sohilidan quvurlar orqali neft va gaz keltiriladi. Interamerika universiteti bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, cherkov va bogʻlar (18-asr) saqlangan. Shaharga 16-asr oxirlarida asos solingan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |