Sallagul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sallagul (Paeonia) — sallaguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar, baʼzan chala buta va butalar turkumi, ekma gul. Yevropa, Yevrosiyo va Shim. Amerikada 40 ga yaqin, Oʻzbekistonda 2 turi maʼlum. Oʻtsimon xitoy yoki sutrang S. (P. lactifl ora, P. chinensis), dorivor S. (P. offi cinalis) va boshqa turlariga mansub juda koʻp navlari ekiladi. Ildizi kuchli rivojlangan, yoʻgʻon. Novdalari tik, 30—120 sm, koʻpincha shoxlanmagan. Bargi ketma-ket joylashgan, yashil yoki koʻkimtir, kuzda qizgʻish yoki toʻq binafsha rang. Guli yirik (diametri 20 sm gacha), yakka, oq, sargʻish, pushti, qizil, koʻp chiligi xushbuy. Asosan, avgust oxiri — sent. boshlarida ildizini bulish nuli bilan ekiladi. Yangi ekilgan usimlik ekilganidan keyin 2—3-yili may—iyunda gullaydi. Hovli va dala bogʻlarda oʻstiriladi. Butasimon turlaridan yarim buta S (P. suffruticosa) ekiladi, oʻtsimon S. turlari ildizlariga payvandlash, parhish qilish, qalamchasi va urugʻidan koʻpaytiriladi. Apr.—iyunda gullaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil