Saljuq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saljuqbek Ibn Doʻkakdan yoʻnaltirildi)

Saljuq, Saljuqbek ibn Doʻkak (taxminan 9-asr oxiri —10-asr oxiri, Jand) — harbiy sarkarda, saljuqiylar sulolasi bobokaloni; oʻgʻuzlarning qiniq urugʻidan. Otasi amir Doʻkak (turkcha Toʻkak — temir oʻq) xazarlar xoqoni harbiy xizmatida boʻlgan.

S. yoshligidan jasur sarkarda boʻlgan. Rashiduddinning yozishicha, S.ning 5 ta oʻgʻli: Isroil (Arslon yabgʻu), Mikoil, Muso yabgʻu, Yusuf va Yunus boʻlgan. S oʻgʻillari va oʻziga tobe urugʻdoshlari (jami 100 jangchi) bilan 1500 tuya, 50000 qoʻy va koʻplab otlarni olib, Jand atroflariga koʻchib oʻtgan (985) va chorvadorlik bilan shugʻullangan. 992 yilda Jand hukmdori bilan ittifoq tuzib, oʻz urugʻdoshlari bilan birgalikda islom dinini qabul qilgan va oʻgʻuz yabgʻulariga qarshi kurashgan. Chorvadorlar oʻrtasida islom dinini tarqatganligi uchun S.qa "Malik alGʻoziy" unvoni berilgan. U Yangikent va Jand atroflarini Ali yabgʻu hukmronligidan xalos qilib, oʻz hokimiyatini oʻrnatgan.

Ibn alAsirning yozyshicha, S. 107 (baʼzi manbalarda 100) yoshga kirib vafot etgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻillari: Mikoil, Muso, Arslon (Isroil) kabi amirlar boshchiligidagi saljuqiylar somoniylarning ijozati bilan Zarafshon vodiysidagi Nuri Buxoro (Nurota) atroflarida koʻchib yurganlar (10-asr oxirlari). Gardiziy (11-asr) oʻz asarida soʻnggi somoniy Muntasi/shing qoraxoniylaraan Nasr Ilekxonga qarshi olib borgan kurashiga 1003—04 yillarda saljuqiylar yordam berganligini taʼkidlaydi. S. avlodlari — Mikoilning oʻgʻillari: Toʻgʻrulbek va Chagʻribek 11-asr 30y.larida saljuqlar — oʻgʻuzlarning harakatiga boshchilik qilib, Saljuqiylar davlatini tuzishgan.

Manba: Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk, 1j., T., 1960; Sadriddin Ali alXusayni, Axbar addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M., 1980; AbulFazl Bayhaqi, Istoriya Ma’suda (1030—1041), M., 1969.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil