Salimxon Tillaxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tillaxonov Salimxon (1898, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — pedagog , Oʻzbekistonda milliy istiqlol harakati namoyandalaridan biri, "Milliy ittihod" tashkiloti Sirdaryo viloyati rahbarlaridan. 1914—16 y. larda boshlangʻich maktablarda oʻqituvchi, "Turon" truppasida aktyor. 1916— 17y.larda Boku pedagogika intida oʻqigan. Toshkent eski shahar maorif boʻlimi mudiri. Maorif instituti direktori, "Nashri maorif" uyushmasi muassislaridan biri (1923). S. Oʻrta Osiyo untida ham oʻqigan va oʻqituvchilik qilgan (1924—25). Toshkent okrug moliya kursini tashkil etib, unga rahbarlik kilgan (1925—29). "Moliya fani asoslari" asarini yozgan. 1929 y. noyabrda Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) tomonidan qamoqqa olinib, keyin otib tashlangan. 1989 y. oklangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Abdurashidxonov M ., Tanlangan asarlar, T., 2003.