Kontent qismiga oʻtish

Salimjon Hamidov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Salimjon Salomovich Hamidov (1920-yil 29-dekabr Buxoro – 1973-yil 19-avgust) -kandakor, sulola davomchisi; Oʻzbekiston xalq rassomi (1972). Hunarni otasi – kandakor usta Abdusalom Hamidovdan oʻrgangan. Hamidov metall va marmarga oʻyib naqsh ishlashni puxta egallagan; yoshligidan otasining shogirdlari qatorida murakkab oʻyma naqshlarni ishlay boshlagan; metall buyumlar bezak mujassamotlarini yangi mavzular bilan boyitdi (mas, patnisga ishlangan „Oʻzbekistonim“ mujassamoti, 1969 va boshqalar), bezaklarda Buxoro meʼmoriy yodgorliklarini aks ettirdi. Metall va marmarga oʻiib naqsh ishlovchi koʻplab shogirdlar yetishtirdi, uning tashabbusi bilan Buxoroda kandakorlik maktab ustaxonasi tashkil etilgan (yana qarang Buxoro kandakorlik maktabi).