Salimaxon Xoʻjayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Salimaxon Shoyusupovna Xoʻjayeva (1916.1.1 — Toshkent — 2004.9.6) — opera xonandasi (lirikdramatik soprano), Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Moskva oʻzbek opera studiyasi (1941) va Toshkent konservatoriyasi (1945)ni tugatgan. Navoiy teatrida yakkaxon xonanda (1941—67). Katta Fargʻona kanali qurilishida (1939), Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy qismlarda madaniy xizmat koʻrsatgan. Toshkent konservatoriyasi (1961—72), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1972—84)da pedagog .

Xoʻjayevaning yoqimli, jozibador ovozi, nurli chehrasi, yuqori vokal va aktyorlik maxrrati oʻzbek va chet el mumtoz operalarida ijro etgan asosiy partiyalarda namoyon boʻlgan: Layli ("Layli va Majnun"), Zuhra ("Tohir va Zuhra"), Shirin ("Farhod va Shirin"), Tana ("Er Targʻin", B. Brusilovskiy), Nigor ("Koʻr oʻgʻli", U. Hojibekov), Tatyana, Liza, Iolanta (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin", "Iolanta"), Karmen (J. Vize, "Karmen"), Lyubasha (N. RimskiyKorsakov, "Shoh qayligʻi") va boshqa Konsert repertuaridan oʻzbek xalq qoʻshiqlari ("Qoshlari qalamlar" va boshqalar), chet el kompozitorlari (Gendel, Motsart, Shubert, Glinka, Chaykovskiy va boshqalar) asarlari keng oʻrin olgan. Shu bilan birga X. oʻzbek bastakor va kompozitorlarining qoʻshiq va romanslarining ilk ijrochisi sifatida ham tanildi: T. Sodiqovning "Bahor", M. Burhonovning "Tabassum qilmading", "Ishqida" va boshqa, A. Muhammedovning "Alla", Ham. Rahimovning "Sevimli yor" va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil