Salima Asqarova
Salima Asqarova (1922.29.5 – Toshkent – 1997.16.4) – mikrobiolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973). Tolali oʻsimliklar tajri-ba stansiyasi (1956 – 1958), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti (1960 – 1963) direktori, Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1971 – 1983), shu institutda biologiya kafedrasi mudiri (1983 – 1986), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida ilmiy konsultant (1988-yildan). Ilmiy ishlari aktinomitsetlarning hayot faoliyatiga, ularning Oʻzbekistonning asosiy tuproqlarida ekologik-geografik tarqalish qonuniyatlarini va aktinomitsetlar-antagonistlar tarqalishining amaliy muhim xususiyatlarini aniqlashga hamda ularning gʻoʻza kasalliklari (vilt, gommoz, ildiz chirishi va boshqalar)ning qoʻzgʻatuvchilari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganishga bagʻishlangan. Shuhrat medali bilan mukofotlangan (1995).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |