Salida (Colorado)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Salida, Coloradodan yoʻnaltirildi)
Salida, Colorado
Umumiy shahar[1]
Skyline of Salida, Colorado
38°31′53.0″N 105°59′45.6″W / 38.531389°N 105.996000°W / 38.531389; -105.996000 G OKoordinatalari: 38°31′53.0″N 105°59′45.6″W / 38.531389°N 105.996000°W / 38.531389; -105.996000 G O
Mamlakat AQSh
Asos solingan 1880
Maydon 2.77 km2 (1.07 mi²)
Aholisi 5 236
Zichligi 2197.25 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCMountain (MST)
Salida, Colorado xaritada
Salida, Colorado
Salida, Colorado

Salida shahri (/səˈldə/ sə-LY-də ; ispancha :[saˈliða], „chiqish“) — Qoʻshma Shtatlarning Kolorado shtatidagi Chaffee okrugining markazi va eng gavjum munitsipaliteti boʻlgan qonuniy shahar hisoblnaadi[2]. Aholisi 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish vaqtida 5,666 kishini tashkil etgan[3].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salidada 1881-yildan beri pochta boʻlimi faoliyat koʻrsatmoqda[4]. Salida ispan tilida „chiqish“ degan maʼnoni anglatadi, Salida Arkanzas daryosining vodiydan chiqish qismidan oʻtuvchi maydonini qamrab olganligi va Qirollik darasidan yuqori oqimdagi Bighorn Sheep kanyoniga yaqin joylashganligi sababli shu nom bilan nomlangan[5].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosi maʼlumotlariga koʻra, shaharning umumiy maydoni 2.77 kvadrat mil (7.2 km2) ni tashkil etadi.Arkanzas daryosi shahar hududidan oʻtadi va mahalliy qishloq xoʻjaligi uchun asosiy suv manbai hisoblanadi.

Sawatch tizmasi shimol va janubda joylashgan hamda Salidadan taxminan 10 milya (16 km) gʻarbda joylashgan. Mosquito tizmasi sharqda Sawatch tizmasi bilan parallel boʻlib, Yuqori Arkanzas vodiysini tashkil qiladi va togʻ tizmasining janubiy chekkasi, Salidadan sharqda qad roslagan, u mahalliy aholi orasida Arkanzas tepaliklari sifatida tanilgan. Salidaning janubiy ufqidagi asosiy tabiiy obyekt boʻlgan Metodist togʻi Sangre de Kristo togʻlaridagi eng shimoliy hududda joylashgan togʻ hisoblanadi. Salida shimolida Yuqori Arkanzas vodiysi va Buena Vista shahri joylashgan.

AQShning 50-yoʻnalish magistrali shaharning janubiy chekkasi yoqalab oʻtadi va Canon Citygacha Arkanzas daryosi boʻylab 58 milya (93 km) sharqqa Poncha Springsgacha 4 milya (6 km) gʻarbga; va Gunnisongacha 63 milya (101 km) uzunlikda boʻlgan kontinental boʻlinish orqali boriladi, shahar Canon City va Pueblo sharqiy qismida joylashgan.

Iqlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Köppen iqlim maʼlumotlariga koʻra, Salida sovuq yarim qurgʻoqchil iqlimga ega (BSk) deya tariflanadi.

Salida, Colorado iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 6,3 7,5 11,4 15,8 21,3 26,7 29,6 27,8 24,0 18,1 11,1 5,8 17,1
Oʻrtacha minimal, °C −11,1 −9,3 −6,1 −2,3 2,0 5,7 9,1 8,1 3,6 −1,9 −6,5 −10,8 −1,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 7,4 7,6 15 24 23 17 31 41 20 24 8,6 7,6 226
Manba: NOAA[6]

Demografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi o‘sish tarixi
Yil Aholi
18902 586
19003 722439%
19104 425189%
19204 68960%
19305 06580%
19404 969−19%
19504 553−84%
19604 56002%
19704 355−45%
19804 870118%
19904 737−27%
20005 504162%
20105 236−49%
2019 (est.)6 082[7]162%
AQSh aholisini roʻyxatga olish[8]

2000-yilgi aholini roʻyxatga olishda shaharda 5504 kishi, 2504 xonadon va 1449 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi 2,480.1 inhabitants per square mile (957.6/km2) ni tasjkil etgan. Oʻrtacha zichligi 1,238.3 per square mile (478.1/km2) boʻlgan 2748 ta uy-joy mavjudligi aniqlangan. Shaharning irqiy tarkibi 92,66 % oq, 0,05 % afroamerikalik, 1,44 % tubjoy amerikalik, 0,38 % osiyolik, 0,02 % Tinch okeani orollari, 3,29 % boshqa irqlardan va 2,16 % ikki yoki undan ortiq irq vakillaridan iborat edi. Har qanday irqning ispan yoki latino millatiga mansub vakillari 10,76 % ni tashkil etadi[9].

2504 ta xonadonning 25,0 foizi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalar, 45,9 foizi birga yashaydilar er-xotinlar, 8,6 foizi eri bo‘lmagan bevalar, 42,1 foizi oila aʼzolari bo‘lmagan yakka yashovchilardan tarkib topgan. Uy xoʻjaliklarining 35,9 foizini bir kishi va 15,4 foizini 65 va undan katta yoshdagi bir kishi tashkil etadi. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,15 va oilaning oʻrtacha kattaligi 2,80 kishidan iborat.

Yosh taqsimoti esa quyidagicha: 21,4 % 18 yoshgacha, 6,3 % 18 dan 24 gacha, 27,5 % 25 dan 44 gacha, 24,2 % 45 dan 64 gacha, 20,6 % 65 va undan katta yoshlilardan iborat. Oʻrtacha umr yoshi 42 yosh hisoblanadi. Har 100 ayolga 94,6 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga 92,7 nafar erkak toʻgʻri keladi.

Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 28,790 dollarni, oilaning oʻrtacha daromadi esa 38,240 dollarni tashkil etdi. Erkaklar oʻrtacha daromadi 30,447 dollarni, ayollarniki esa 20,867 dollarni tashkil qilishi aniqlangan. Shaharning aholi jon boshiga daromadi 17 252 dollarga toʻgʻri keladi. Oilalarning qariyb 9,2 foizi va aholining 14,8 foizi qashshoqlik chegarasidan past boʻlgan, shu jumladan 18 yoshgacha boʻlganlar 23,7 foizi va 65 yoshdan oshganlarning 13,7 foizi ham ayni shu toifadagi insonlardir.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharga Salida davlat maktablari faoliyat koʻrsatadi. Ikki davlat oʻrta maktabi, Salida oʻrta maktabi va Horizons Exploratory Academiyasi; va uchta oʻrta maktab, jumladan: Salida oʻrta maktabi, Salida Montessori Charter maktabi va Crest akademiyasi shular jumlasidandir. Kolorado togʻ kolleji Salida shahrida ham oʻz kampusiga ega.

Infratuzilma[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salida va Chaffee okrugi aholisiga Rush Drive-da, shaharning shimoliy tomonida joylashgan Heart of Rockies mintaqaviy tibbiyot markazi xizmat koʻrsatadi.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salida Koloradoning Bustang tarmogʻining bir qismi hisoblanadi. U Alamosa-Pueblo va Gunnison-Denver Outrider yoʻnalishlarida joylashgan[10].

Madaniyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salida Downtown tarixiy okrugi 1984-yilda Tarixiy joylar milliy reestri roʻyxatiga kiritilgan va Koloradodagi eng katta tarixiy tuman hisoblanadi[11]. 2012-yil 30-mart kuni Salida shahar markazi Koloradodagi ikkita sertifikatlangan ijodiy tumanlardan biri sifatida tariflanadi[12]. Salida, shuningdek, Davlat sheʼriyat jamiyatlari milliy federatsiyasi (NFSPS) bilan bogʻliq boʻlgan Kolorado shtatidagi Kolumbin shoirlarining Shavano boʻlimiga ega. Guruh kattalar va talabalar uchun mahorat darslari va festivallar tashkil qiladi hamda sheʼrlar tanlovlarini amalga oshiradi[13]. 2012-yil 30-mart kuni Kolorado Creative Industries kompaniyasi, Shtatning Iqtisodiy rivojlanish va xalqaro savdo boshqarmasining boʻlimi Salida shahrining tarixiy markazi Koloradodagi ikkita „sertifikatlangan ijodiy tumanlar“dan biri sifatida tanlanganligini eʼlon qildi[14].

Taniqli odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sally Blane, aktrisa
  • Louie Croft Boyd, Rio Grande kasalxonasining hamshiralar boshligʻi
  • Chris Guccione, Beysbol Oliy Ligasi hakami
  • Kent Haruf, yozuvchi
  • Rut Hinshaw Spray, tinchlik faoli

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Active Colorado Municipalities“. State of Colorado, Colorado Department of Local Affairs, Division of Local Government. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  2. „Find a County“. National Association of Counties. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
  3. „U.S. Census Bureau QuickFacts: Salida city, Colorado“ (en). www.census.gov. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  4. „Post offices“. Jim Forte Postal History. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  5. Dawson, John Frank. Place names in Colorado: why 700 communities were so named, 150 of Spanish or Indian origin. Denver, CO: The J. Frank Dawson Publishing Co. — 44 bet. 
  6. „NOWData - NOAA Online Weather Data“. National Oceanic and Atmospheric Administration. Qaraldi: 2013-yil 5-may.
  7. „Population and Housing Unit Estimates“. United States Census Bureau (2020-yil 24-may). Qaraldi: 2020-yil 27-may.
  8. „Census of Population and Housing“. Census.gov. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  9. „U.S. Census website“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  10. „Bustang Schedule“. RideBustang. CDOT.
  11. „Salida National Historic District“ (en-US). Buena Vista & Salida, Colorado Vacation (2017-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  12. „Salida Creative District Strategic Plan » Salida Creative District“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
  13. „Who Are The Columbine Poets?“. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  14. „About the Salida Creative District » Salida Creative District“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]