Kontent qismiga oʻtish

Salerno

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Salerno — Italiyaning jan. qismidagi shahar. Tirren dengizining Salerno qoʻltigʻi sohilidagi port. Salerno provinsiyasi va Kataniya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 144 ming kishi (2001). Dengiz kurorti. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. universitet bor. Shahar qoʻlyozmalarda mil.av. 197 yildan tilga olingan. Shahar XI—XIII asrlarda oʻzining tibbiyot maktabi (IX asr, Yevropada birinchi dunyoviy tibbiyot maktabi) bilan mashhur boʻlgan. XII—XIII asrlarda savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil