Salavat Yulayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Salavat Yoʻloy oʻgʻli
boshq.: Салауат Юлай улы
Салават Юлаев - panoramio.jpg
Tavalludi 1754 yil iyun
Takay qishlogʻi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1800 yil 8 oktyabr
Rossiya imperiyasi
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Yoʻloy Aznalin

Salavat Yoʻloy oʻgʻli (boshq.: Салауат Юлай улы, 1752.5.6, Takay qishlogʻi, hozirgi Boshqirdiston Respublikasi, Salavat rayoni — 1800.26.9, Rogervik, hozirgi Paldiski sh., Estoniya) — boshqird xalqining milliy qahramoni, badihagoʻy shoir. Dehqonlar urushi qatnashchisi (1773—75). Ye. Pugachov safdoshi. Volost oqsoqolining oʻgʻli. 1773-yilning kuzida Pugachovga qarshi kurashga yuborilgan. Pekin, SYU. 2 minglik otryadi bilan qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan. Oʻzini iqtidorli tashkilotchi va capkarda ekanligini namoyon qilgan. 1773-yilning oxirida Boshqirdistonning shim.sharqida 10 minglik otryad toʻplab Krasnoufimsk va Kungur rayonlarida qator muvaffaqiyatli janglar oʻtkazgan. 1774-yil noyabda asir olingan. 1775-yil sentabrda otasi (dehqonlar urushi qatnashchisi) bilan birgalikda Boltiqboʻyidagi Rogervik qalʼasiga umrbod katorgaga hukm qilingan. S.Yu. poeziyasi boshqird ogʻzaki sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Boshqirdistondagi r-n, shaharga nomi berilgan va Davlat mukofoti taʼsis etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil