Salair burmalanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salair burmalanishi - kembriy sistemasining oʻrtasidan oxirigacha boʻlgan vaqt mobaynidagi burmalanish, tektonik harakatlar va magmatizmning umumiy faollashgan davri. Sibirdagi Salair kryaji hududida boʻlgan kuzatishlar natijasida rus geologi M.A.Usov tomonidan ajratilgan (1936). Sb. OltoySayan togʻli oʻlkasida, Mongoliya shim. va Baykalortida keng namoyon boʻlgan. Nemis geologi X. Shtille Yevropada Salair burmalanishiga oʻxshash burmalanish davrini ajratgan (Pirenei yarim orolda, Fransiya shim.gʻarbida va boshqalar). Bundan tashqari, Salair burmalanishi Antarktidada (Transantarktika togʻlarining "ross" burmalanishi), Avstraliyaning jan.gʻarbida juda faol boʻlgan. Tektonik-magmatik faollik Afrika-Arabiston platformasining Liviya-Nigeriya va Arabiston-Mozambik mintaqalarida, Janubiy Amerika platformasining gʻarbida, Hindiston platformasining jan. da (jumladan, Shri Lanka va Madagaskar orollarida) kuzatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil