Sakshi Tanwar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sakshi Tanwar
Tavalludi 1973-yil 12-yanvar
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1996-yildan hozirgi kungacha
Bolalari 1

Sakshi Tanwar(talaffuzi: Sakshi Tanvar)[1] - hind aktrisasi va teleboshlovchisi. U "Kahaani Ghar Ghar Kii" va "Bade Achhe Lagte Hain" televizion shoulardagi faoliyati bilan tanilgan. 2016-yilda u Aamir Khan bosh rolni ijro etgan "Dangal" filmida rol o'ynadi.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakshi Tanwar 1973-yil 12-yanvarda Hindistonning Rojasthon shtatidagi Alvar shahrida o'rta sinf, Rajputlar oilasida tug'ilgan. Uning otasi iste'fodagi CBI ofitseri Rajendra Singh Tanwar hisoblanadi. Sakshi Tanwar Nyu-Delidagi Lady Shri Ram kollejida ta'lim olgan. 1990-yilda universitetga o'qishga kirgunicha u besh yulduzli mehmonxonada ishlagan.[2] Kollejda o'qib yurgan paytda u talabalar tomonidan tuzilgan drama jamiyatining kotibi va prezidenti bo'lgan. O'qishni tamomlagandan so'ng, xizmatlar va ommaviy kommunikatsiyalar ma'muriyatiga ishga kirish testlariga tayyorgarlik ko'rayotganda, 1998-yilda "Doordarshan" milliy teleradiokompaniyasining "Albela Sur Mela" dasturiga boshlovchi bo'lib ishga olinadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakshi "BIG Star Entertainment" mukofot marosimida, 2012-yil.

1998-yilda Albela Sur Mela bilan televideniyadagi katta debyutidan so'ng, Tanwar "Kahaani Ghar Ghar Kii" serialidagi Parvati Agarwal roli bilan shuhrat qozondi. 2011 va 2014-yillar oralig'ida u Bade Achhe Lagte Hain Ram Kapurga qarshi Priya Kapur rolini o'ynadi.[3] 2012-yil dekabr oyida u Kaun Banega Crorepati realiti-shousida uchinchi marta ishtirok etdi.[4]

2016-yilgi “Dangal” filmida Tanwar sobiq kurashchi Mahavir Singx Phogat(bu obrazni Amir Khan o'ynaga)ning rafiqasi Daya Kaur rolini oʻynadi. U rolida oʻz qizlarini hayot qiyinchiliklariga qaramasdan jahon miqyosidagi kurashchilar qilib tarbiyalaydi.[5] Sakshi Tanwar 2018-yil fevral oyida Epic Channel tomonidan birinchi marta efirga uzatilgan "Tyohaar Ki Thaali" nomli ko'rsatuvidagi ishtiroki bilan televideniyaga qaytdi.[6]

Manoj Bajpayee, Neena Gupta va Sakshi Tanvar yaqinlashib kelayotgan "Dial 100" triller filmi uchun hamkorlik qilishgan.[7]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Sakshi toʻqqiz oylik bo'lgan Dityaa Tanwar ismli qizaloqni asrab olib, yolgʻiz ona boʻldi.[8]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakshi Tanwar "The Dirty Picture" filmining muvaffaqiyatli ishtirokida.

Televideniyada va seriyallarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Ko'rsatish Rol Mnb.
1999 Lalia Laliya Telefilm
1999 Albela Sur Mela Taqdimotchi
2000–2008 Kahaani Ghar Ghar Kii Parvati Agarval / Swati Dixit / Janki Devi Dixit [9]
2001–2002 Kutumb Mayya Mittal
2002–2004 Devi Gayatri Vikram Sharma
2004 Jassi Jaisi Koi Nahin Indira Bhargav
2005 Kaun Banega Crorepati 2 Musobaqa ishtirokchisi
2008 Bawandar Mehmon [10]
Kahaani Hamaaray Mahaabhaarat Ki Ganga [11]
2009 Coffee House Mehmon
2010 Crime Patrol 2 Hammuallif
Balika Vadhu Teepri
2011–2014 Bade Achhe Lagte Hain Priya Sharma / Priya Ram Kapur
2012–2013 Kaun Banega Crorepati 6 Musobaqa ishtirokchisi
2013 Ek Thhi Naayika Pooja [12]
2014 Main Naa Bhoolungi Hikoyachi
2015 Code Red Taqdimotchi
2016 24: Season 2 Shivani Malik
2017 Tyohaar Ki Thaali Taqdimotchi [13]
2022 Bade Achhe Lagte Hain 2 Sheel Chaudhary

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2006 O re Manva Sandhya
2008 C Kkompany Television actress
2009 Coffee House Kavita
2011 Aatankwadi Uncle Sumitra
Bawra Mann Pallavi
2015 Katyar Kaljat Ghusali Nabila Marathi film
2016 Dangal Daya Kaur [14]
2018 Mohalla Assi Savitri [15]
2021 Dial 100 Prerna Sood ZEE5 filmi[16]
2022 Samrat Prithviraj [17]

Veb-seriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Platforma Izohlar
2017–2019 Karrle Tu Bhi Mohabbat Dr. Tripurasundari "Tipsy" Nagrajan
2019 The Final Call ATC Kiran Mirza [18][19]
Mission Over Mars Nandita Hariprasad [20]
2022 Mai: A Mother's Rage Sheel Chaudhary [21]

Mukofotlar va e'tirof[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofotlar Natija Personaj
2003 Indian Telly Awards G'olib[22] Parvati Aggarval
2010 Indian Television Academy Awards G'olib[23]
2011 Indian Television Academy Awards G'olib[24] Priya Kapur
Big Star Entertainment Awards G'olib[25][26]
2012 11th Indian Telly Awards G'olib[27]
Apsara Film & Television Producers Guild Awards G'olib[28]
5th Boroplus Gold Awards G'olib[29]
People's Choice Awards India G'olib[30]
2013 Star Guild Awards G'olib[31]
6th Boroplus Gold Awards G'olib[32]

E'tiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2013-yilda uning Ram Kapur bilan sahna juftligi India Today televideniyasining eng mashhur sahna juftligi deb topildi.[33]
  • 2013-yil aprel oyida Ormax Media tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada Tanvar eng yaxshi 5 ta mashhur kishilar roʻyxatidan joy oldi.[34]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sakshi Tanwar“. FilmiBeat. 2014-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  2. Kaushik. „Sakshi Tanwar: Worked in a Delhi five-star, bought a sari with first salary“. The Times of India (21-mart 2017-yil). Qaraldi: 26-may 2017-yil.
  3. „Ekta's next on Sony with Sakshi & Ram titled Bade Achhe Lagte Hain“. Filmibeat (18-may 2011-yil). 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  4. „KBC 6: Ram Kapoor, Sakshi Tanwar on hot seat again!“. IBNLive. 2012-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „This is Why Aamir wanted Sakshi Tanwar to play his onscreen wife in Dangal“. Hindustan Times (14-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 26-may 2017-yil.
  6. „Sakshi Tanwar to come back with new season of Tyohaar Ki Thaali“. India TV (19-fevral 2018-yil). Qaraldi: 17-fevral 2018-yil.
  7. Rishita Roy Chowdhury (1–dekabr 2020–yil). „Manoj Bajpayee, Neena Gupta, Sakshi Tanwar come together for thriller Dial 100“. India Today (inglizcha).{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. „Sakshi Tanwar adopts baby girl Dityaa, calls it greatest moment of her life. See pic“. Hindustan Times (20-oktabr 2018-yil).
  9. „Sakshi bids farewell to Kahaani Ghar Ghar Kii“. Rediff.
  10. „IBN-7 presents Bawandar; real people, real stories“. IBN News. 2013-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Ekta in a hurry to launch Mahabharat“. The Sunday Tribune (29-iyun 2008-yil). Qaraldi: 25-aprel 2016-yil.
  12. „Ekta Kapoor launches 'Ek Thi Nayika'“. The Times of India. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2015-yil.
  13. „Sakshi Tanwar: Kahani Ghar Ghar Ki's devar-bhabhi Sakshi Tanwar and Ali Asgar reunite for food show – Times of India“. Qaraldi: 7-noyabr 2017-yil.
  14. „'Sakshi Tanwar to play Aamir Khan's wife in Dangal?'“. 14-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Sakshi to play lead in Mohalla Assi“. The Indian Express.
  16. „Manoj Bajpayee begins shoot of a thriller with Neena Gupta and Sakshi Tanwar“. Mid Day (1-dekabr 2020-yil). [sayt ishlamaydi]
  17. „Sakshi Tanwar bags the historical period film Prithviraj“. IWMBuzz.com (23-yanvar 2020-yil).
  18. „Sakshi Tanwar: We are breaking a lot of stereotypes in The Final Call“ (en-IN). The Indian Express (2019-yil 22-mart). Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  19. „Sakshi Tanwar, Arjun Rampal shine in the official trailer for The Final Call“ (en-US). The Digital Hash (2019-yil 9-fevral). 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  20. MumbaiJune 7. „Sakshi Tanwar to play a scientist in Ekta Kapoor's M.O.M. - Mission Over Mars“ (en). India Today. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  21. „Mai: Give Sakshi Tanwar all the web series, she deserves it more than any ʻstar’“. Hindustan Times (19-aprel 2022-yil). Qaraldi: 18-may 2022-yil.
  22. „Winners of Indian Telly Awards 2003“. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  23. „Kahaani Ghar Ghar Kii Team honoured at ITA Milestone Awards“. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  24. „Winners of Indian Television Academy Awards 2011“. 26-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  25. Sakshi wins her first Big Star Entertainment Award
  26. „Sakshi Tanwar at BIG Star Entertainment Awards 2011“. www.indicine.com.
  27. „Sakshi wins Best Actress (Jury) at 11th Indian Telly Awards“. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  28. Bollywood Hungama. „Winners of 7th Chevrolet Apsara Film and Television Producers Guild Awards – Latest Movie Features – Bollywood Hungama“.
  29. „5th Boroplus Gold Awards 2012 Winners List-Bollywood, Entertainment, Featured – India News Portal“. indiascanner.com. 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  30. „Sakshi wins 1st People's Choice Awards“.
  31. „Star Guild Awards – Winners“. 2013-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  32. „Photos: 2013 Boroplus Gold Awards Winners List!“ (22-iyul 2013-yil).
  33. „Ram Kapoor, Sakshi Tanwar favourite TV couple“. India Today. IANS (31-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 6-aprel 2021-yil.
  34. „Chhote acche lagte hain...“. dna (3-aprel 2013-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]