Sakrovchi baliqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sakrovchi baliqlar (Periophthalmidae) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliqyaar oilasi. 10 ga yaqin turi bor. Hind va Tinch okeanining tropik va suvi chuchuklashgan qismlarida, Mangro oʻrmonlari botqokliklarida koʻp uchraydi. Uz. 27 sm gacha. Sakrovchi baliqlar bir necha soat suvsiz yashay oladi. Tanasi yoʻgʻon va kalta, qoʻngʻirkulrang yoki sargʻish tusda, qora xollari bor. Koʻzi suvda va quruqlikda koʻrishga moslashgan. Quruqlikda va daraxt shoxlarida muskulli dum va koʻkrak suzgichlari yordamida oʻrmalab va sakrab harakatlana oladi. Inga uvildiriqtashlaydi. Mayda qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, chuvalchanglar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Sakrovchi baliqlarni tub aholi ovlaydi. Akvariumlarda boqiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil