Sakkiz yillik maktab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sakkiz yillik maktab - toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bergan umumiy taʼlim maktabi. Tayanch maktab deb yuritilgan bu oʻquv muassasalari 1958 yildan yetti yillik maktab oʻrnida tashkil etilgan. Oʻzbekistonda yetti yillik umumiy majburiy taʼlimdan sakkiz yillik umumiy majburiy taʼlimga oʻtish 1959/60 oʻquv yilida boshlanib, 1962/ 63 oʻquv yilida toʻliqtugallangan. Sakkiz yillik maktabm. 7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasini uyushtiruvchi oʻquvtarbiyaviy maskan hisoblangan. Ularda oʻquvtarbiyaviy ishlar mehnat tarbiyasi va amaliyot bilan bogʻliq holda olib borilgan. Sakkiz yillik maktabm.ni bitirgan oʻquvchi sakkiz yillik maʼlumot olganligi toʻgʻrisida shahodatnomaga ega boʻlgan. Bu shahodatnoma umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9sinfiga, oʻrta maxsus hamda hunartexnika oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish huquqini bergan. 1984 yildan umumiy oʻrta taʼlim maktablarita aylantirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil