Saidpozil Saidkamolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saidkamolov Saidpozil — 6496-sonli ish bilan otuvga hukm etilgan. 1895-yili tug‘ilgan, Xonqa rayoni Katta Jo‘rmiz qishloq sovetidan, sobiq quloq, imom. 1933-yili paxta topshirish rejasini bajarmagani uchun 6 yil qamoqqa hukm etilgan. Hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi. Mavjud tuzumga dushman kayfiyatida bo‘lib doimiy ravishda kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik tashviqoti olib borganlikda, kolxozda zararkunandalik bilan mashg‘ul bo‘lganlikda, paxtani yaxshi sug‘ormaganlikda, 1,5 gektar paxtani yo‘q qilganliqda va 500 kilogramm urug‘lik chigitni yaramas holatga keltirganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 78 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.