Saidazim Islomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saidazim Islomov (1860-Toshkent—1955) — xalqustasi, ganch va yogʻoch oʻymakori; oilaviy ustalar sulolasi asoschisi (oʻgʻli usta Akbar Azimov, nabirasi usta Saidmalik Azimov; evarasi Shuhrat Azimov "Musavvir" ustaxonasida oʻyma bezakli badiiy buyumlar tayyorlovchi usta). I. ish faoliyatini milliy anʼanaviy uslubda binolar qurish bilan boshlagan. Binoning sinch qurilishidan boshlab, pardozlab tugallanishigacha boʻlgan ish jarayonini pux-ta egallagan. Binolarni ganch va yogʻoch oʻymakori bezaklar (sharafa, ustun, eshik va boshqalar) bilan bezagan: Navoiy teatri binosi va b. kurilishlarda va ularni bezatishda qatnashgan; ustalar (Us t a Shirin Murodov va boshqalar)ga ganch oʻymakorligida sharafalar tayyorlash uchun krliplar tayyorlagan. Muzeylar (Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Sankt-Peter-burgdagi Ermitaj va boshqalar)da I. tayyorlab bezagan badiiy buyumlar (ustun, tama-kidon, kursi, sandiq va boshqalar) saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil