Kontent qismiga oʻtish

Saidaxrol Toʻxtayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Saidaxrol Toʻxtayev

Saidaxrol Toʻxtayev (1942.1.9, Toshkent - 2022.4.1) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), kimyo fanlari doktori (1984), professor (1986). ToshPInitugatgan (1963). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida aspirant (1966— 69), ilmiy xodim (1969 — 70), laboratoriya mudiri (1971-yildan), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1991—92). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ugʻitlar institutida boʻlim mudiri (1993— 99), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (2000-yildan). Ayni vaqtda shu intdagi Toshkent Kimyotexnologiya institutining "Noorganik moddalar texnologiyasi" kafedrasi filiali mudiri (2000-yildan). Ilmiy ishlari oʻsimliklar oson oʻzlashtiradigan mikroelementlardan iborat birikmalar, fiziologik faol moddalar, murakkab mineral oʻgʻitlar olish va ularning samaradorligini oshirishga oid. T. rahbarligida Kizilqum fosforitlaridan oddiy va boyitilgan superfosfat, qishloq xoʻjaligi ekinlarini bargi orqali oziqlantirish uchun suvda eruvchan yangi murakkab oʻgʻitlar sintezining nazariy va texnologik asoslari ishlab chiqilgan. "Shuhrat" medali bn mukofotlangan (1996).[1]

  • Formamid i udobreniya na yego osnove (v soavtorstve), T., 1986; Sulfat kaliya s mikroelementami (v soavtorstve), T., 1988; Problemi ximii, texnologii, agroximii, ekonomiki i ekologii udobreniy i defoliantov (v soavtorstve), T., 1990.



  1. https://m.kun.uz/news/2022/01/04/akademik-saydiahrol-toxtayev-vafot-etdi