Saidahmad Mahmudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahmudov Saidahmad (1909.12.3, Qoʻqon — 1998.2.9) — naqqosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat ar~ bobi (1989). Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy aʼzosi (1997). Naqqoshlikni otasi usta Saidmahmud Norkoʻziyevagm. oʻrgangan. 1928 yildan "Quyosh" artelida naqqosh. Otasi bilan jamoat binolari (choyxona va klublar)ni bezashda ishtirok etgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—43). Navoiy teatri binosidagi Fargʻona zalini bezashda ishtirok etgani (1946—47) dan soʻng mustaqil usta si-fatida faoliyat boshladi. M. Fargʻona vodiysiga xos naqqoshlik maktabi anʼ-analarining rivojlanishi va boyitilishiga katta hissa qoʻshdi, uning ijodiga bezakning meʼmoriy shakl bilan, ranglarning oʻzaro uygʻunligi, naqsh mujassamoti yechimining puxtaligi xos. M. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻizistonda koʻplab madaniyat saroylari, klub, mehmonxona, choyxonalarni bezadi: Qoʻqondagi "Baxt uyi", "Us toz", "Guldasta" choyxonalari, Fargʻonadagi "Paxtakor" kzining klub, choyxona va mehmonxonasi, Oʻzbekiston tumanidagi avtovokzal, Qoʻqon moy-yogʻ kombinatining choyxona va profilaktoriysi, Toshkentdagi "Fargʻona" choyxonasi va boshqa Qoʻqondagi Xudo-yorxon saroyi (hozirgi shahar oʻlkashunoslik muzeyi) zallarini taʼmirlashda ustaning mahorati namoyon boʻldi. 1963 yildan Qoʻqon shahri oʻquvchilar saroyidagi naqqoshlik toʻgaragida, keyinchalik "ustoz — shogird" usulida koʻplab shogirdlar tayyorladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil