Said Sirojiddin Jamolullayl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamallullayl Tuanku Said sirojiddin bin al-Marhum Tuanku Said Putra (1943.17.5, Malayziya, Perlis shtatidagi Arau shahri) — malayziya davlat arbobi. Angliyaning Vellingboro shahridagi umumiy taʼlim kollejini (1963), Qirollik harbiy akademiyaning Sandxyortst zobit kadetlar kursini (1965) tugatgan. 1965 yildan Malayziya qurolli kuchlari safida, soʻng Perlis futbol assotsiatsiyasi prezidenti (1977—95), Tuanku Said Putra jamgʻarmasi raisi (1986— 2001), 2001 yil 7 maydan rasman Perlis shtati rojasi (hukmdori). 2001 yil 12 dekabrdan 2006 yil 12 dekabrgacha Malayziyaning Oliy hukmdori (podshosi). 2006-2011 yillarda Perlis shtati rojasi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Malayziya Qirollari Andoza:Malayziya shtatlari rojalari