Said Shermuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Said Shermuhamedov (1930.12.5, Qorakoʻl tumani — 16.02.2016) — faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), falsafa fanlari doktori (1973), professor (1978). Samarqand universitetni tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va HUQUQ boʻlimida kichik ilmiy xodim (1957—58), Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim (1958—60), ilmiy kotib (1960—61), direktor oʻrinbosari, sektor mudiri (1961—64). Oʻzbekiston KP MK fan va madaniyat boʻlimi mudiri oʻrinbosari (1964—65), madaniyat boʻlimi mudiri (1965—70). Oʻzbekiston Maorif vaziri (1970—84), Oʻzbekiston Pedagogika ilmiy tekshirish instituti direktori (1984—85), Toshkent Davlat Universiteti falsafa fakultetida kafedra mudiri (1985— 2002), professor (2002-yildan). Ilmiy ishlari madaniyat nazariyasi va boshqalar muammolarga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Falsafa jamiyati prezidenti (1990-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992). "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1995).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Na yazike yedinstva, T., 1991; Mustaqillik — buyuk neʼmat, T., 1997; Filosofiya cheloveka, T., 2001; Istiklol quyoshi, T., 2002.