Said-Azim Oripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Said-Azim Oripov
Tavalludi 1949
Toshkent
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunos-filolog-arabshunos, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Said-Azim Oripov  — 1949-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1972-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-arabshunos, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 1972 — 1975-yillarda YAARda harbiy tarjimon; 1975 — 1977-yillarda Toshkent bojxonasida inspektor; 1977 — 1982-yillarda Suriya Arab Respublikasining Yefrat toʻgʻoni qurilishida bosh tarjimon; 1983 — 1985-yillarda Toshkent bojxonasida bosh inspektor va boʻlim boshligʻi; 1985 — 1987-yillarda SSSRning Yaman XDR dagi savdo vakolatxonasida bosh tarjimon; 1987 — 1989-yillarda OʻzR bojxonasida bosh nozir, boʻlim boshligʻi; 1989 — 1991-yillarda boshliq muovini. 1991 — 2002-yillarda OʻzR Bojxona Qoʻmitasi raisi, Raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari. 2002 — 2003-yil Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona kolleji boshligʻi. 2003-2014-yillar Davlat bojxona qoʻmitasi Oliy harbiy bojxona instituti „Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarish“ kafedrasi boshligʻi[1].

Ilmiy yoʻnalishi — Moliya, pul va kredit munosabatlari, Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. „Shuhrat“ medali (1998)[manba kerak], „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni (2002)[manba kerak], „Butunjahon bojxona tashkiloti tashkil topganligining 50 yilligi“ medali bilan mukofotlangan. Bojxona xizmati general-mayori maxsus unvoniga ega.

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: „Tashqi savdoni bojxona toʻlovlari orqali tartibga solishni takomillashtirish“. — Toshkent, 2009.

1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilayotgan bojxona siyosati // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. — Toshkent, 2004. — B.32 — 34. — A.Aliyev bilan hammualliflikda.

2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona bojlaridan foydalanish // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. — Toshkent, 2004. — B.26 — 28. -A.Aliyev bilan hammualliflikda.

3. Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta nazoratini kuchaytirish choralari // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2005. — B.20 — 22.

4. Bojxona toʻlovlari va ularning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi oʻrni // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2005. — B.35 — 39. — F.Yuldashev bilan hammualliflikda.

5. Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda erkin iqtisodiy hududlarning roli // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2005. B.50 — 53.- D.Yusupov bilan hammualliflikda.

6. „Tashqi savdoni boj tarifi orqali boshqarish“ hamda „valyuta nazorati“ fanlarini oʻqitishning samaradorligini oshirishning ayrim muammolari // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2005. — B.146 — 148.

7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona toʻlovlari // Iqtisodiyot va taʼlim. - Toshkent, 2006. — B.151 — 155.

8. Intellektual mulk muhofazasi // Jamiyat va boshqaruv. — Toshkent, 2006. — B.30 — 32.

9. Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona xizmatining oʻrni // Bozor, pul va kredit. — Toshkent, 2006. — B.58 — 60.

10. Chlenstvo stran s perexodnoy ekonomikoy vo Vsemirnoy Torgovoy organizatsii. — Sankt Peterburg, 2006. — S. 20 — 23. — v soavt. s L.Pulatovoy.

11. Bojxona xizmatining davlat byudjeti daromad qismini toʻldirishdagi oʻrni va bojxona qonunchiligini takomillashtirishdagi ayrim muammolar // OʻzR DBQ, OʻzR Oliy majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, „Iqtisodiy integratsiyani jadallashtirish sharoitida bojxona siyosatining qonunchilik bazasini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari“ mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. — Toshkent, 2006. — B.10 — 18.

12. Puti realizatsii tamojennogo regulirovaniya VED v Respublike Uzbekistan // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Tashkent, 2006. — S.48-52. — v soavt. s D. I. Makarovim, D. B. Pak.

13.Chet el investitsiyalari va ularga nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllashning ayrim muammolari // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2006. — B.65 — 69. — D.Yusupov bilan hammualliflikda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O`zbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021.