Sahifa Hammom ibn Munabbih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sahifa Hammom ibn Munabbih
Asl nomi صحيفة همام بن منبه
Muallif(lar) Hammom ibn Munabbih
Til arabcha
Janr(lar)i Hadis

Sahifa Hammom ibn Munabbih“ (arabcha: صحيفة همام بن منبه – Hammom ibn Munabbih sahifasi) islom olimi Hammom ibn Munabbih (vaf. 101 hijriy/719 yoki 130/ 748) tomonidan tuzilgan hadislar toʻplamidir. Ushbu asar oʻz yo‘nalishidagi eng qadimgi saqlanib qolgan manbalardan biri sifatida tilga olinadi[1][2].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu asar hozirgacha saqlanib qolgan eng qadimiy hadislar toʻplami boʻlib, u turli qoʻlyozma toʻplamlarda mavjud va bosma nusxalari keng tarqalgan[3][4]. Asar birinchi marta XX asrda Muhammad Hamidulloh tomonidan tadqiq qilinib, nashr etilgan[5]. Ushbu nashr “Sahifa Hammom ibn Munabbih”ning ikkita qoʻlyozma nusxalarining jamlanmasi boʻlib, ulardan biri Damashqdagi kutubxonadan, ikkinchisi Berlindagi kutubxonadan topilgan[4]. Toʻplamda 140 ga yaqin hadis[4] mavjud boʻlib, ularning barchasida isnod (roviylar zanjiri) bor: Paygʻambar (s.a.v.) → Abu Hurayra → Hammom → Ma’mar → Abdurrazzoq[6]

Hammom ibn Munabbih Abu Hurayraning shogirdi boʻlib, u mazkur sahifa oʻz ichiga olgan rivoyatlarni “Abu Hurayra bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan”, degan shaklda keltirgan[7]. “Sahifa”dagi hadislar “Musnadi Ahmad”ga toʻliq kiritilgan[manba kerak].

Matnning asl qoʻlyozmasi yoʻqolgan, ammo matn ikkinchi darajali nusxalar orqali saqlanib qolgan[8].

Muallifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksariyat musulmon ulamolari va baʼzi gʻarb sharqshunoslari sahifaning Ibn Munabbihga nisbat berilishini tasdiqlashsa-da[9], G.H.A. Juynboll uni Abdurrazzoq yozgan, deb taʼkidlaydi[10].

Nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Sahifa Hammom ibn Munabbih. 1-nashr // Rifʼat Favzi Abdulmutallib tomonidan tahrirlangan. Qohira: Maktabat al-Xonji. 1985-yil[11]. 2. Muhammad Hamidulloh. Sahifa Hammom ibn Munabbih: hadis boʻyicha eng qadimgi asar. Tarj: Muhammad Rahimuddin, Islom madaniyati markazi (Parij, Fransiya). 1979-yil[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. G. H. A. Juynboll, Encyclopedia of canonical ḥadīth, Leiden 2007, 29.
  2. Bennet, Clinton. The Bloomsbury Companion to Islamic Studies — 92 bet. „Scholars disagree on the date of Hammam b. Munabbih’s death. Muhammed Hamidullah, who first discovered and published the Sahifa gives the year as 101 AH/719 CE. Beeston and Dickinson follow Hamidullah in this, while Jonathan Brown gives it as 130 AH/748 CE.“ 
  3. Juynboll, G. H. A.. Encyclopedia of canonical ḥadīth. Leiden, 2007 — 29 bet. „generally considered in the Islamic world as possibly the oldest surviving book of Prophetic traditions preserved in collective volumes in various Oriental manuscript libraries and subsequently several times edited. A few editions are at the moment available everywhere in print.“ 
  4. 4,0 4,1 4,2 R. Marston Speight, ‘A Look at Variant Readings in the Hadith’, Der Islam, 2000, 77, 169
  5. Bennet, Clinton. The Bloomsbury Companion to Islamic Studies — 92 bet. „Scholars disagree on the date of Hammam b. Munabbih’s death. Muhammed Hamidullah, who first discovered and published the Sahifa...“ 
  6. Juynboll, G. H. A.. Encyclopedia of canonical ḥadīth. Leiden, 2007 — 29 bet. 
  7. Bennet, Clinton. The Bloomsbury Companion to Islamic Studies — 80 bet. 
  8. Beeston, A.F.L. Arabic Literature to the End of the Umayyad Period. „The original suhuf of this age unfortunately have been lost, although a few secondary copes survived. An example is the sahifah of Hammam ibn Munabbih ...“ 
  9. G. H. A. Juynboll, Encyclopedia of canonical ḥadīth, Leiden 2007, 29.
  10. The one referred to as ‘Azq in the text being abbreviation for Abd ar-Razzaq, see page XIII for abbreviations. Juynboll, G. H. A.. Encyclopedia of canonical ḥadīth. Leiden, 2007 — 29 bet. „Hammam’s Sahiafa is for the main part the handiwork of none other than 'Azq“ 
  11. The Wiley Blackwell Concise Companion to the Hadith — 362 bet. 
  12. Sahifah Hammam ibn Munabbih.